Qo‘rg‘ontepa (O‘rdatepa)

  • 15 Oktyabr, 2015
  •   0
  • 0
  • 11238

Qo‘rg‘ontepa (O‘rdatepa) Zomin tumani markazida, shu nomdagi soyning chap qirg‘og‘ida joylashgan. Ushbu yodgorlik bir necha marta mutaxassislar e’tiborini tortgan. Hozirgi kunga kelib u deyarli o‘z shaklini yo‘qotib bo‘lgan. Uning qal’a qismi yodgorlik ostida rejalashtirilgan bo‘lib, unga tutashgan yerd skver va turarjoylari bilan band. Olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra 1973 yilda uning o‘lchamlari 100x95 m , balandligi 14 m. ni tashkil etgan.

1-qazilma (4x6 m), yorug‘lik tushishiga mo‘ljallangan, kichik tushirilgan maydonda, qal’aning janubiy g‘arbidan 15 m uzoqlikdagi hududida joylashgan. Maydonchaning yuqori tarafi to‘la o‘tlar bilan qoplangan, hamma joyida etnografik sopol va pishiq g‘isht bo‘laklari uchraydi. Qazilma ishlari davomida ikkita asosiy qatlam aniqlanib, ular etnografik (I—III pog‘onalar) va rivojlangan o‘rta asrlarga tegishli hisoblanadi. Yuqori pog‘ona pastgi pog‘onadan, nafaqat topilmalar xarakteri, balki ancha yumshoq qumning rangi (to‘q, kulrang) bilan ham farq qiladi. Pastki qatlamning ragi esa ochroq - daraxt ranglidir.

Qazilmaning janubiy tarafi, birinchi qavatida qizartirib kuydirilgan katta dog‘ va bir necha kulxona aniqlangan. Ko‘p miqdordagi sug‘orish uchun va sug‘orish uchun ishlatilmaydigan sopol buyumlardan tashqari pishiq g‘ishtlar ham topilgan. Ulardan biri to‘liq saqlanib qolgan (26x26x5 sm). Shuningdek chinni buyumlar, biror shakl anglatmaydigan temir bo‘laklari, hayvon suyaklari va birmuncha katta toshlar ham qazib chiqarilgan. Qazilmaning shimoliy tarafidagi tuproqning ba’zi joylari zich, xom g‘isht terilgan yo‘llar va paxsalar uchraydi. III qavatda esa sopol idish qoldiqlari, yaroqsiz idishlar, oyna topilgan. Qazilmaning butun maydoni bo‘ylab bu yerda qizg‘in hayot bo‘lganligi haqida xulosa qilish mumkin.

III pog‘onaning o‘rtasida mayda shag‘aldan iborat juda qattiq qatlam uchraydi. Bu yerda qandaydir suyuqlik idishi yoki kanal yo‘li bo‘lganligi ham e’timoldan holi emas. Shuningdek bu shag‘al yotqizilgan maydoncha yoki yo‘lak bo‘lishi ham mumkin. Mazkur shag‘al maydoncha quyi va yuqori qatlamlarni ajratib turadi. Uning ostidan esa qoraxoniylar davriga oid buyumlar o‘rin olgan.


Manba: djizak.net, www.zaamin.uz