Qirqqiz qal‘a‘asi

  • 25 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 16382

Qirqqiz qal'asi - Surxondaryo viloyatidagi me'moriy yodgorlik (9-10-a.lar); Termiz tumanida (vayrona holida saqlangan). Nima maqsadda qurilganligi (qal'a, saroy, xonaqoh, karvonsaroy) haqida ma'lumot yo‘q. O‘rta asrlarda Termiz shaharning tashqarisida joylashganligi qal'a shahar tashqarisidagi qo‘rg‘on vazifasini o‘taganligini ko‘rsatadi.

U dunyo tomonlariga moslab qat'iy mujas-samotda bunyod etilgan. Qala to‘rtburchak tarhli (53,3x54,8 m), 1 qavatli, faqat yo‘laklar umumiy balandlikda 2 qavatli bo‘lib, xom g‘isht (30x30x5 - 5,5 sm)lardan qurilgan, toq va ravoqlarida shu o‘lchamdagi pishiq g‘ishtlar ham ishlatilgan; qalin devor bilan o‘ralgan (tashqi devor qalinligi2-2,5 m), burchaklari hajmdor burjlar bilan mustahkamlangan; burjlar oralig‘ida toklar bilan yopilgan ayvonlar joylashgan, tarzlariga bir maromda takrorlanuvchi tuynuklar ishlangan.

Qal'aning barcha xonalari va markazdagi sahn (11,5x11,5 m) o‘zaro yo‘laklar bilan bog‘langan; markaziy sahn hovli yoki gumbazli zal bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Ayvon va yo‘laklar binoni 4 qismga bo‘lgan. Bular: 2 ta bir xil tuzilgan (5 xona va 3 tomonidan o‘ralgan yo‘lak, eni 2,1 m) shim.-g‘arbiy va shim.-sharqiy hamla 2 ta jan.-g‘arbiy (2 ga yo‘lakcha bilan bog‘langan5 ta xona) va jan.-sharqiy (yo‘lakcha bilan bog‘langan 2 ta xona va 3 ustunli katta mehmonxona) qismlardir.

 

Yo‘laklar va xonalar devor-dagi tuynuklar orqali yoritilgan. Qirqqiz qal'asi yopmasida balxi hamda kesishgan gumbaz-simon toqlar, boshqa turlardagi gumbaz-lar, toqlar va ravoqlar qo‘llanilgan. Og‘zaki ma'lumotlarga ko‘ra, xalq dostonlarida zikr etilgan dushmanlar hujumini qaytara olgan qahramon qiz Guloyim va uning 40 dugonasi aynan shu yerda yashagan. Shuningdek, 20-a.gacha xalq tomonidan Qirqqiz qal'asi. Manzili «Shahri Somon» deb ham atalgan.

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyas

i


Manba: http://www.tourstouzbekistan.com/ru/sights/termez/xanaka-kyrk-kyz.html

Galereya