Sentob shaharchasi

  • 08 Iyun, 2017
  •   0
  • 0
  • 17698

Kichik manzilgohning sehrli jozibasi

Tasvirlab bo‘lmas toza havo, qushlarning tinimsiz sayrashi, atrofda uchib yuruvchi xonqizilar, kechki shafaq, tog‘ jilg‘asining shildirashi, gullar ifori, infonlarga xizmat qilayotgan eshaklar, do‘stona aholi, kechalari yulduzlarga to‘la osmon... ehtimol, bu Nurota tog‘laridagi qishloqning diqqatga sazovor jihatlarining bir qismidir.

Sentob (Sentyab) qishlog‘i Aydarko‘ldan 30 km masofa narida joylashgan bo‘lib, shahar g‘ala-g‘ovuridan charchagan har bir kishi uchun qutqaruv aylanasi o‘rnida xizmat qila oladi.

Поселок Сентоб, окрестности Нураты
Поселок Сентоб, окрестности Нураты
Поселок Сентоб, окрестности Нураты

Nurota tog‘lari va Qizilqum sahrosi orasida o‘tayotgan kunlarning qadri, ma’naviy qadr-qimmati saqlanib qolgan ovul bor. Bu yerda, go‘yo tabiat iffati o‘rnashib qolganday. Bu yerning aholisi hanuz o‘z qo‘li bilan mayda toshlardan uylar qurishadi. Ovqatlari uchun ishlatiladigan masallliqlarni esa o‘zlarini hovlisida ekib, terib olishadi. Taomlarni ochiq havoda tayyorlashadi. Hatto, yong‘oq va xandon pistalarni ham shu yerda ekib, quritishadi. Har oilani katta bo‘lmasada, o‘z chorvasi bo‘lib, butun oilani tuxum, sut, go‘sht va qo‘y jungi bilan ta’minlashga yetadi.

Bu joylar turli xil hayvonlar, qushlar va hasharotlarga boy, ulardan ayrimlari Qizil kitobga ham kiritilgan. Shuningdek, flora va faunada yagona bo‘lgan namoyandalar ham uchraydi. Qishloq bo‘ylab sayr qilarkansiz, noyob va puxta o‘ylab qurilgan qadimiy shahar qoldiqlariga tushib qolganday bo‘lasiz.

Поселок Сентоб, окрестности Нураты
Поселок Сентоб, окрестности Нураты
Поселок Сентоб, окрестности Нураты

Mehmonlar uchun Sentob qishlog‘ida 3 ta mehmonxona mavjud: Muslima, Rahima va Maysara — xo‘jayinlari tomonidan xotinlarining sharafiga qo‘yilgan nomlar. Bu insonlar juda mehmondo‘st va barcha mehmonlarga hursand bo‘lishadi. Ilk bor kelgan mehmonni 2007 yil Rahima Gulmurod Zarifullayev kutib olgan. Bu yerlardagi ekoturiz loyihasi hamda tabiat monitoringi 2007 yil faoliyatini boshlagan.

Qadimiy Sentob qishlog‘i bilan bir qatorda, Nurota tog‘larida joylashgan ekoturistlarni qabul qiluvchi boshqa joylar ham bor: Eski Forish, Hayot, Uxum, Asrof, Yuqori Uxum. Aholi, odatda piyoda yoki eshaklarda yurishadi. Zamonaviyroqlar otlarda yurishadi. Albatta, uylarga mashinalarda kelish ham mumkin. Kechki paytlar, va ayniqsa erta tongda havo shunchalik tozaki, hidlab to‘ymaydi kishi. Qishloqda chiroq bor, lekin shaharning yorqinligidan farqli o‘laroq, yulduz to‘la osmoni bilan ajralib turadi. Oy esa shunchalik kattaki, go‘yo qo‘llaringizni cho‘zsangiz, oyni ushaydiganday bo‘lasiz.

Поселок Сентоб, окрестности Нураты
Поселок Сентоб, окрестности Нураты
Поселок Сентоб, окрестности Нураты

Mehmonlar mahalliy aholining kundalik hayotida ishtirok etish imkoniga ham egadirlar. Ular loy tandirlarda non yopishlari, turli to‘ylarni ko‘rishlari, o‘yinlar mavsumida esa otlar bellashuvi — ko‘rkarini ko‘rib zavqlanishlari mumkin. Albatta, yog‘och karavotda o‘tirib, qushlarning osoyishta sayrashini eshitib, choy ichib o‘tirish ham mumkin. Suv haqida gap ketar ekan, shuni aytish joizki, bu yerlarda ichimlik suv hech qanday qo‘shimchalarsi va juda tozadir.

Shimol tomon 30 km masofada Aydarko‘l joylashgan bo‘lib, u yerda baliq ovlash, cho‘milish yoki shunchaki, baliqchi qushlarni tamosha qilib, tabiatdan zavqlanish mumkin.

Umuman boshqa dunyo sur’atini xis qilish uchun bundanda yaxshiroq joy yo‘q.

Поселок Сентоб, окрестности Нураты
Поселок Сентоб, окрестности Нураты
Поселок Сентоб, окрестности Нураты

Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/nurata/sentob-village.htm