Namozgoh masjidi

  • 16 Iyul, 2015
  •   0
  • 0
  • 14643

Buxorodagi Namozgoh — ibodat maydoni bo‘lib, Qurbon bayrami, Ramazon bayramlarida namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Buxoroning janubiy-g‘arbida joylashgan. “Namozgoh” so‘zi namoz o‘qiladigan joy ma’nosini bildirib, ahloq qoidalari chegarasidagi tabarruk amaldir. Namozgoh toza joyda ibodatni ta’minlash maqsadida xona ko‘rinishida bo‘lgani kabi musulmonlarning joynamozi bo‘lishi ham mumkin. Namozgoh namoz ibodatini odamlar to‘dasi, butun aholi va safardagi qo‘shinlar bajarishi uchun ta’minlab beruvchi joydir. Tahlillarga ko‘ra bu yerlarda namozgohSomoniylar hukmronligi davri — IX asrda barpo etilgan.

Namozgoh shahar chegarasida joylashganligi sababli, u o‘zining ilk mohiyatini yo‘qotgan. Hozirgi kunda namozgohning Buxoro qiloyatidagi o‘rnini shahardan tashqaridagi diniy marosimlar majmualar bajaradi.

Islomiylar bosib olinishidan so‘ng Buxorodagi bayram ibodatlari Registonda o‘tkazila boshladi. Lekin IX asrda maydon torlik qildi va namozgoh shahardan tashqarida — shahardan uch kilometrga yaqin masofada barpo etilgan. Shaharning mudofaasi sustlashganligi sababli Arslon xon shahar aholisi Buxorodan uzoqqa borishlarini ma’n qilib qo‘ydi va majmua u yerda XII asrgacha xizmat qildi. Natijada, 1119-1120 yillar Shamsobod bog‘i xarid qilindi va o‘rniga pishgan g‘ishtdan, devorining uzunligi, taxminan 38 metrlik namozgoh barpo etildi. Devorida pastqam arkli mehrob bo‘lgan. Namozgoh XIII-XV asrlarda qayta qurilgan. XVII asrda masjid hashamatli ayvon ko‘rinishiga ega bo‘lgan: ta’mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan. Tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, 3 asosiy xonadan iborat. O‘rtadagi murabba tarxli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan. Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalon yo‘lakdan kirilgan. Peshtoqqa girih naqsh ishlangan, Qur’ondan ko‘chirilgan oyatlar bitilgan.


Manba: http://tarix.uz/tarixiy-obidalar/buxorodagi-tarixiy-obidalar/namozgohi-masjidi/