Xovrenko nomidagi vino zavodi qoshidagi Vinochilik zavodi

  • Hudud: Samarqand viloyati
  • Kategoriya: Muzeylar
  • 17 May, 2017
  •   0
  • 0
  • 12790

Ma’lumki, Samarqand tarixiy yodgorliklari bilan mashhur, muzeylari bilan kishini hayratga solishi mumkin bo‘lib, ular orsida Vinochilik muzeyi alohida o‘rin egallaydi. Uning tarixi 150 yildan ziyod faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Xovrenko nomidagi vino zavodi bilan uzviy bog‘liqdir.

Rosiiya Imperiyasi Markaziy Osiyo chegarasini bosib olgach, shu o‘lkaning bor boyliklarini egallash maqsadida yirik shaharlarga qator savdogarlar va tadbirkorlar bostirib kela boshlagan. O‘z o‘rnida, Samarqandda uzumning ajoyib navi yetishtirilgan, bo‘lib yuqori darajali shakar - boshqa uzumlarda 16% bo‘lgan bir vaqtda, 25% li tarkibi bilan ajralgan. Bu yerlarga kelgan rus musallaschisi hamda tadbirkori D.M. Filatov O‘zbekistondagi ilk vino zavodini ochadi. 15 yillik faoliyat davomida u zavodni jahon darajasiga olib chiqqan - yetishtirilgan “Biishti” (jannatiy ma’nosini anglatuvchi) vino navi Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqro vino va konyak ko‘rgazmasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng butun dunyo kollektsionerlari Samarqandga ushbu ajoyib navli vino uchun kela boshlashgan.

Sovet hukumati kelishi bilan, Filatov zavodni tark etishga majbur bo‘lgan, lekin maxfiy omborlarga o‘zining eng zo‘r vinolarini yashirishga ulgurgan va ular omborda bir necha o‘n yillar saqlangan. Toki, zavodni ta’mirlash ishlari boshlanib, yashiringan vinolar topilmagunga qadar. Ta’mirdan chiqqan zavod boshqaruvi iqtidorli vinopaz M.A. Xovrenko topshirilgan. U vinoning yangi navlarini ochib, vinoni tartibga solgan va O‘zbekistonda vinochilik rivojiga katta hissa qo‘shdi.

Bugun Xovrenko nomidagi Vino zavodi o‘z faoliyatini davom ettirish bilan birga, vino, konyak va aroqning yangi navlarini ishlab chiqarmoqda. Vinolar ko‘p yillar saqlanishi uchun zavod yerto‘lasiga vinoning yangi jamlanmalari tushirilmoqda. Shuningdek, eng yaxshi hosillardan yetirshtirilgan samarqandcha vinolarni xarid qilish mumkin bo‘lgan “kim oshdi” savdolari tashkil etib kelinmoqda. Zavod qoshida Vinochilik muzeyi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U yerda zavod tarixi va samarqandcha vinochilik bilan tanishi mumkin, zavodning xalqaro mukofotlarini ko‘rish, va albatta, samarqandcha vinolarni totib ko‘rish mumkin.

2014 yilning fevral oyida Samarqand vinozavodi Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan, 21-Xalqaro oziq-ovqat, ichimlik va ishlab-chiqarish mahsulotlari “Prodekspo-2014” ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan  “2014 yilning eng yaxshi mahsuloti” degustatsion konkursda ishtirok etgan. Unda zavodning bir yo‘la uchta mahsuloti oltin va kumush medallarga sazovor bo‘lgan: “Samarqandcha” balzami (oltin medal), markali “Samarqand” konyaki va markali vino “Gul-qandoz” (kumush medallar).


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/samarkand/museum-of-winemaking.htm