Mingo‘rik shahar xarobasi

  • 21 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 11218

Mingoʻrik, Mingoʻriktepa — qad. shahar harobasi (1 —13-a.lar). Mahalliy aholi oʻrtasida Afrosiyob tepaligi nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Minoraqasr (toʻrtburchak arkka yondoshgan) va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. Toshkent t.y. vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan; shahar harobasi oʻrnida 19-a.da katta oʻrikzor boʻlganligi uchun shunday atalgan. Hoz. shahar qurilishi munosabati bilan yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida M.ning bir qismigina saqlangan. Imarta 1896 y. (Ye. T. Smirnov, N. S. Likoshin tomonidan), keyin 1912 y. (A. I. Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzolari tomonidan) qayd qilingan. 20-a.lar M. Ye. Masson arxeologik kuzatish ishlari olib borgan. 1qazish ishlari Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti (Yu. F. Buryakov, D. G. Zilper, O. V. Obelchenko) tomonidan oʻtkazilgan. 1968 y.dan Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi davom ettirmoqda. 

Bu ishlar natijasida shahriston (15 ga) va ark (0,5 ga) maydonlari, shahar hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan. 1-bosqich 1—4-a.larga mansub boʻlib, ichki turar joy kompleksini muhofaza qilgan uzun yoʻlakli, qoʻshqator qalʼa devorlari qoldigʻi topilgan. Devor tashqarisida unga yondoshtirilib qurilgan toʻrtburchakli burj va moʻlalar boʻlib, ularning orasi 12 m ga teng boʻlgan. 2-bosqichda (5—6-a.lar) shahar tez surʼ-atda rivojlanib, aholi soni oshib borishi natijasida mustahkam ark va shahristonga, eng yirik shahar markaziga aylangan. 6-a. oxirida shahar Chochning poytaxti boʻlgan. 

Arab manbalarida tilga olingan "Madinat ash-Shosh" shu yodgorlikning aynan oʻzi deb hisoblanadi. 3-bosqich (7—8-a.lar) Arab xalifaligining Chochga yurishi arafasida shahar eng kjsalgan davr boʻlgan. Barcha meʼmoriy qurilish uslublari kompleksi, ichki bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish, uy-roʻzgʻor asbob uskunalari, idishlar M.ning umumsugʻd madaniyati asosida Sugʻd, Fargʻona va Oʻrta Osiyoning boshqa joylari bilan mu-stahkam aloqada rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga shahar turmush tarzida koʻchmanchi qabilalarning taʼsiri katta boʻlgan. 

Shahar qurilishi kengayib borgan sari qalʼa devorlari torlik qilib, uning harobalari ustiga shahriston uylariga nisbatan salobatli saroyqasr kompleksi — Choch hukmdorlarining saroyi qurilgan. Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli xonalar va ibodatxonalardan tashqari qoʻshimcha xonalar (xoʻjalik ehtiyojlari uchun) ham boʻlgan. Bu davrda Choch oʻlkasi Turk xoqonligiga tobe boʻlgan. Manbalarda qayd qilinishicha, musiqa va raqs sanʼati ayniqsa, yuksak pogʻonaga chiqqan. 8-a. boshlarida Choch poytaxti arab xalifaligi istilochilari tomonidan vayron qilinib, harobaga aylantirilgan. 10-a.da M.ning bir qismidagina hayot tiklangan va 13-a. gacha davom etgan. Markaz yangi shahar — Binkatga koʻchirilgan.


Manba: Wikipedia