Valixon-to‘ra masjidi

  • Ob'yekt yaratilgan sana: 20 asr
  • Hudud: Namangan viloyati
  • Kategoriya: Yodgorliklar
  • 15 Iyun, 2017
  •   0
  • 0
  • 11358

Masjid XX asrning boshlarida qurilgan. Inshoot maydoni 27x20 metrni tashkil qiladi. Masjid simmetrik tuzilishga ega bo‘lib, kichik kirish peshtoqidagi minorachalari binoning umumiy ko‘rinishidan bo‘rtib chiqib turadi. Gumbazli markaziy zalning diametri 14 metr bo‘lib, ayvonlar bilan o‘ralgan. Arklar ortidagi gumbaz burchaklarga qurilgan sakkiz qirrali aylana shaklidagi g‘isht ustunlarga tayangan. Tashqariga terilgan g‘isht naqshinkor uslubda muqaddima qilingan, keng zal devorari havo rang koshinlar bilan hoshiyalangan. Silindr — gumbaz ostidagi do‘mbiraga arab harflarida yozuv solingan. Kirish darvozalari yulduz hamda o‘simlik gullari shaklidagi chuqur o‘yma naqshlar bilan bezalgan. Bino qalbi va fikri toza insonlar uchun, go‘yo benazir qo‘rg‘on kabi mahobatli va ifodalidir.


Manba: Ризо Ахмад