“Aysel” suratlar galereyasi va ijod-xonasi

  • 17 May, 2017
  •   0
  • 0
  • 12496

“Aysel” — san’at buyumlari xazinasi va zamonaviy kiyimlar etno-jamlanmasi

“Aysel” ijod-galereyasi va ijod xonasi — Samrqanddagi eng muvaffaqiyatli va yiriklaridan biridir. U O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining samarqandlik a’zolarini 1992 yildan buyon birlashtirib keladi. Avvaliga, bu — “Alfiya” nomidagi kichik ijod galereya O‘zbekiston dekorativ-amaliy san’at targ‘ibotini oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bu ijod galereyasida to‘plangan xilma-xillik va madaniy boyliklarga baho berish uchun ostonasida turiboq, ko‘z yugurtirishning o‘zi yetarlidir.

Ota-bobolarining ishini davom ettirgan samarqandlik hunarmandlarning eng yaxshi ish namunalari, O‘zbekiston va chet elda shuhrat qozongan iqtidorli va zamonaviy ustalarning suratlari va haykallari, Toshkent, Moskva, Parij va boshqa shaharlardagi ko‘plab ko‘rgazma va ekspozitsiyalarini bezagan O‘zbekiston suratkashlarining eng yaxshi ishlarini mazkur galereyada uchratishingiz mumkin.

Арт-галерея Айсель, Самарканд
Арт-галерея Айсель, Самарканд
Арт-галерея Айсель, Самарканд

Lekin “Aysel” studiyasida asosiy urg‘u milliy shoyi matolarga berilganligini payqaysiz. Bu yerda milliy matolarga turli usullar bilan ishlov berilishi, ranglarni qo‘shish va ularga bezak berilishi ham zamonaviy, ham yoddan chiqarilgan qadimiy usulda tajriba qilina boshlangan.

Bugun “Aysel” — etno uslubdagi liboslar jamlanmasiga o‘zining fikri va o‘ziga xos g‘oyalarini mujassamlantiradigan gazlama bo‘yicha samarqandlik iqtidorli modelerlar va rassomlarning ijodiy birlashmasidir. Liboslar jamlanmasi ko‘rgazmasiga talab katta bo‘lib, O‘zbekiston va chet elda o‘tkazib kelinadi.

Mazkur sohadagi yana bir muvaffaqiyat — Samarqanddagi ilk va yagona modalar teatri yaratilishidagi mualliflarning qahramonligidir, zero, O‘zbekiston aholisi va sayyohlar samarqandlik modelerlarning yangi liboslar jamlanmasidan manzur bo‘la olishadi. Ularni yaratishda an’anaviy murakkab kashtadan, gazlamaga gullar bostirilishi, dekorativ naqshlar va hatto, qadimiy matolar parchalardan foydalanilish bilan bir qatorda, modelerlar moda bo‘yicha jahon mayllarini ham inobatga olishadi. Shuning uchun ham bu liboslar jamlanmasi nafaqat o‘ziga xos, balki zamonaviy ko‘rinishga ham egadir.

Agar 10-15 yillar ilgari etno uslub faqat sanoqli odamlarni qiziqtirgan bo‘lsa. Bugun o‘zbekcha uslubdagi libosni har bir modaparastning javonida uchratish mumkin. Etno uslub — rasmiy tadbirlar va zamonaviy kechalarda oqsuyak xonimchalarning eng ajoyib bo‘lagidir. O‘zbekcha matolar esa Yevropa va Amerikaning dong‘i ketgan kutyurelari yangi uslublarni yaratishlarida ilhomlantirgan.

Арт-галерея Айсель, Самарканд
Арт-галерея Айсель, Самарканд
Арт-галерея Айсель, Самарканд

Suratlar “Aysel” ijod galereyasi tomonidan taqdim etildi.


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/samarkand/aysel.htm