Aydarko‘l

  • 09 May, 2015
  •   1
  • 0
  • 43796

Aydarko‘l — bu sun’iy yaratilgan ko‘l bo‘lib, Nurota shahriga yaqin joylashgan. Ko‘l Qizilqum sahrosi o‘rtasida joylashgan bo‘lib, mahalliy aholi sahroning feruza daryosi deb nomlashadi va buning hayratli yeri yo‘q, zero, sahroning qoq o‘rtasida bunday o‘lchamdagi ko‘lni yana qayerda uchratish mumkin.

Aydarko‘lning paydo bo‘lish tarixi juda qiziq: gap shundaki, o‘tgan asrning o‘rtalariga qadar ko‘l o‘rnida namlik yeri bo‘lmagan quruq yer hosil bo‘lgan. Bahorda esa bu yerda Tuzkon ko‘li hosil bo‘lib, kunlar isishi bilan bug‘lanib ketardi. Shu vaqtda suv sathini nazorat qiluvchi shlyuzli Chordaryo GESi qurilgan. GESga suv Sirdaryodan kelib tushgan, biroq 1969 yildan 1970 yilga qadar GES suv mo‘lligidan tosha boshlagan va to‘g‘on o‘pirilishini oldini olish uchun shlyuzlar ozgina ochilgan. Natijada, suv Arnasoy pasttekisligiga oqa boshlab, keyinchalik Aydarko‘l hosil bo‘lgan. Ko‘l ko‘plab mayda ariqlarni birlashtiradi va Orol dengizidan keyin, ikkinchi o‘rinda turuvchi O‘zbekistondagi sho‘r ko‘l sanaladi. 

Bugungi kunda ko‘l yuzasi 4000 kv.m.ni tashkil qiladi. Bundan yarim asr avval Aydarko‘lni hech qaysi bir dunyo xaritasidan topa olmasdingiz, xozir esa bu — inson qo‘li bilan yaratilgan mo‘’jizakor yerdan 100 lab flora va fauna vakillari  makon topishgan bo‘lib, ulardan ayrimlari Qizil kitobga ham kiritilgan. Shuning uchun ko‘l nafaqat sayyohlarga, balki ko‘l sohilida yashovchi kamyob hayvonlar, qushlarni o‘rganuvchi zoologlar uchun ham qiziq joy hisoblanadi. Qushlar bu yerlarga, asosan, Orol dengizining qurishi bois, Qoraqalpog‘istondan kelib qolishgan. Ammo, sayyohlarning eng katta ermagi — baliq ovi bo‘lib, eng shinavandi baliqchining katta orzusidir. Bu yerlarda sazan, oqqayroq, zog‘orabaliq, sudak va boshqa turdagi baliqlarni uchratish mumkin. Bu yerga baliq ovi ixlosmandlari kelishadi. Ovlangan sazan va laqqa baliqlarning o‘lchami haqida mahalliy aholi orasida mish-mishlar yuradi.

To‘g‘ri, baliqlarni qirg‘oqdan 3 km masofada turibgina ovlash mumkin, lekin bu yirik o‘ljani qo‘lga kiritishda xalal bermaydi. Bu ko‘lda ovlangan baliq O‘zbekiston aholisining uchdan bir qismini baliq bilan ta’minlaydi, zero, Aydarko‘l maydoni O‘zbekiston baliq xo‘jaligi tarkibiga kiradi. Shuningdek, ko‘l maydoniga bir nechta ov xo‘jaligi ham kiradi, albatta, ko‘l yaqinida ov qilish ma’n qilingan, lekin qo‘riqxona maydonidan tashqarida ov mavsumlari o‘tkazilib, yovvoyi o‘rdaklar, g‘oz, tustovuq, baliqlar va hatto, yovvoyi cho‘chqalarni ham ovlashingiz mumkin. 

Agar siz shahar shovqini va behalovatligidan charchagan bo‘lsangiz, u holda hordiq uchun bundan-da yaxshi joyni topa olmaysiz. Aydarko‘l aholi yashaydigan joyidan uzoq va bu yerda siz butunlay tabiat sukunatiga cho‘kib, ko‘l bo‘yida dam olishingiz, toza va sovuq suvda cho‘milib, quyoshda toblanishingiz mumkin. Kechki payt yoqimli hordiqdan keyin siz haqiqiy o‘tovda dam olib, tuyada uchib, o‘zingizni haqiqiy ko‘chmanchiday xis qilishingiz mumkin. O‘tovlar qadimiy ko‘chmanchilar texnologiyasi asosida qurilganligini ko‘rib, ko‘chmanchi qabilalar uzoq safari davomida juda qulay sharoitlarda yashaganligining guvohi bo‘lasiz. Haqiqatan ham Aydarko‘l O‘zbekistonning ahamiyatli durdonalaridan biri bo‘lib, bu inson qo‘li bilan yaratilgan sahrolar bo‘ylab sayohat xotiralaringiz ta’siri iskanjasida xali uzoq vaqt bo‘lasiz. 

Aydarko‘l “qumlar orasidagi feruza daryo” deb nomlashadi. Bu yerlar hatto ko‘pni ko‘rgan, dunyoning qator go‘zalliklari va noyob tabiat hodisalaridan boxabar insonlarni ham hayratga solishi hech gap emas. Aydarko‘l Orol dengizining o‘ziga xos ekologik antipodi, oqmas hovuzidir. U sahro va dashtlardan charchagan sayohatchilarni o‘ziga chorlaydi. 

Aydar-Arnasoy suv tizimiga kelib, avvaliga cheksiz zavqlanasiz. Bir tarafdan Qizilqum, boshqasidan ko‘m-ko‘k keng ko‘l bo‘lib, uning ortidan tog‘ tizmalari ko‘rinib turadi. Avvallari bu yerda sho‘r yer bo‘lgan. Keyinchalik tog‘ ariqchalari va jilg‘alari orqali ko‘llar paydo bo‘lgan. Endi Chordaryo suv omborining suvlari bilan birga ular bir yirik suv havzasiga, ya’ni Aydarko‘lga aylangan.

Suv havzasi 3000 kv.km.ni tashkil qiladi. Qirg‘oqdan uch kilometr nariga oddiy motor qayiqda borish mumkin emas. Aydarko‘l markaziga xavf-xatarsiz yetib olish uchun motori kuchli maxsus qayiq zarur. Aydarko‘l sathi bugungi kunda Boltiq dengizi tizimidan 247 metrni tashkil qiladi.

Aydarko‘lda suv osti oqimlari mavjud emas. G‘arb tomon qanchalik borilsa, suv shunchalik sho‘rroq. G‘arbdagi mineralizatsiya — bir litrga 8 grammdan ko‘proq. Daryoning sharqiy quyilish joyida esa 3-5 gramm bo‘lib, bioorgik hayot sharoitini yaratadi. Munosib sharoitlar respublikaning uchdan bir qismiga baliq yetkazib beradi oladi va baliq xo‘jaligi bazasi o‘rnida ko‘riladi. Aydarko‘lda sazan, oqqayroq, zog‘orabaliq, laqqa baliq, leshsimon mayda baliq sudak kabi turdagi baliqlar talaygina. Shuningdek, suvda suzuvchi qush turlari ham ko‘p. Kamyoblaridan pushti pelikanlarni, oqqush, baliqchi o‘rdak, oq qo‘ton va boshqalarni uchratish mumkin. Ko‘l ajoyib qumloq havzasi va sohildagi o‘simliklari bilan o‘ziga tortadi.

Озеро Айдаркуль, Нурата
Озеро Айдаркуль, Нурата
Озеро Айдаркуль, Нурата

Manba: uzbekistantravel