Siyob bozori

  • 17 May, 2017
  •   0
  • 0
  • 21658

Samarqandga kelib, Siyob bozoriga tashrif buyurmaslik, g‘oyat qiziq sarguzashtni qo‘ldan chiqarish demakdir. Sharq bozori — bu nihoyatda o‘ziga hos joy bo‘lib, qadimiy shahar muhitini his etish mumkin. Bundan bir necha yillar ilgari bozorlar Buyuk Ipak yo‘lidagi bosh strategik savdo ob'yektlar vazifasini o‘tagan. Samarqanddagi Siyob bozori har bir sayyoh ko‘rishi zarur bo‘lgan shaharning qadimiy nuqtalaridan biri hisoblanadi.

Siyob bozori juda qulay joylashgan bo‘lib, undan bor-yo‘g‘i bir necha chaqirim narida katta Bibi xonum masjidi qad rostlagan. Bozordan uzoq bo‘lmagan yerda yana bir yodgorlik — Hazrati Hizr masjidi joy olgan. Bozorning maydoni juda katta bo‘lib, savdo qatorlari besh gektardan kattaroq yerga qurilgan. Bozorga kirish uch tavaqali arkli tepalik ko‘rinishida bo‘lib, ko‘k-havo rang tuslardagi koshinlar bilan bezatilgan. Savdo qatorlari shiypon bilan berkitilgan bo‘lib, bozorni yozning jaziramasidan va qishning qahratonidan himoya qiladi.

Сиабский базар, Самарканд
Сиабский базар, Самарканд
Сиабский базар, Самарканд

Arkni hatlab o‘tib, siz umuman o‘zgacha, ehtimol ertakona muhitga tushib qolasiz: ranglar jilosi ko‘zni qamashtiradi, yuzlab savdogar va xaridorlarning g‘ovur-g‘uvuri quloqqa chalinadi, meva hamda sabzavotlarning mo‘lligi hayratga soladi.

Samarqandning Siyob bozori, deyarli hech qachon uxlamaydi. Bu yerda savdo-sotiq quyoshning ilk nurlari chiqishi bilan boshlanib, kech shomgacha davom etadi.

Siyob bozori dehqon bozori hisoblanadi. Shuning uchun bu yerda, asosan, O‘zbekistonning mehnatkash dehqonlari tomonidan yetishtirilgan mevalar, poliz ekinlari, shuningdek, mahalliy aholi o‘z qo‘li bilan tayyorlagan mahsulotlari sotiladi. Savdo qatorlari mahsulot turiga ko‘ra saralangan. Mahalliy aholini aytishicha, bu yerning quruq mevalari, shirinliklari va yong‘oqlari shunchalik mazaliki, hatto poytaxt aholisi ham ularning xaridi uchun Siyob bozoriga tashrif buyurishar ekan. Shu bilan birga sharq bozorida ziravorlarning xilma-xilini, hatto eng noyoblarini ham uchratish mumkin. Yeguliklardan tashqari, bu yerda mahalliy hunarmand va ustalarning yasagan buyumlari ham mavjud. Non qatori alohida e’tiborni tortadi, axir, Samarqand noni unning alohida navidan tayyorlanadi-da. Siyob bozorida 17 dan ortiq non turini uchratish mumkin.

Sharq bozorini totib ko‘rishsiz tasavvur qilish mumkin emas. Boshqa bozolar kabi bu yerning xushmuomala savdogarlar olinayotgan mahsulotingizni totib ko‘rishingizga undab turishadi. Va albatta, sharq bozorining asosiy hislati — savdolashish “udumi”. Bu yerda har bir xaridor savdolashishni o‘ziga odat qilgan. Zero, savdolashishdan asosiy maqsad pulni tejas emas, balki, osiyliklarda yoshligidan shakllanib keladigan odatning namoyon bo‘lishidir. Kim savdolashish san’atini yaxshi o‘zlashtirarkan, yutuq u kishining hamrohi bo‘ladi.

Doim yangi uzulgan meva hamda turli xil mahsulotlar bilan birga, Samarqandning Siyob bozorining yana bir o‘ziga xosligi bo‘lib, bu — shaharda sodir bo‘layotgan yangilik va hodisalardan xabardor bo‘lish mumkinligidir. O‘zbeklar juda chiqishimli xalq bo‘lib, bu yerliklar notanishlar bilan ham osongina suhbatga kirisha oladilar.

Bu bozorga tashrif buyurib, siz samarqandcha bayramona, ajib muhitga tushish bilan birga, shahar nima bilan yashashini, nafasini his qilasiz. Sersuv sevalar va xushbo‘y noni bilan birga, bu bozordan o‘zingiz bilan xotirangizda yoqimli lahzalarni eslatib turuvchi sharqona muhitning bir bo‘lagini ham olib ketasiz.


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/samarkand/siab-bazaar.htm