Chor-Bakr me‘moriy majmuasi

  • 15 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 15166

Chor bakr meʼmoriy majmuasi Buxoroning Sumitan mavzeidagi meʼmoriy yodgorlik (16-19-a.lar). Shu yerda yashab oʻtgan mashhur toʻrt shayx (q. Chor Bakr) nomi bilan bogʻliq. Shayxlar qabristoni oldiga Abdullaxon II tomonidan xonaqoh, masjid, Madrasa va katta bogʻdan iborat meʼmoriy majmua barpo etilgan (1559), keyingi asrlarda yana qoʻshimcha binolar qurilib, atrofi bogʻlarga aylantirilgan. Xonaqoh gumbazli xona va peshtokdan iborat. Peshtoq bezagida koshinkori naqshlar va yirik kufiy yozuvlar, 2 yon kanotida guldastalar bor. Ichki bezagida ganchkorlik va qirma namunalari uchraydi. Madrasa peshtogʻi kengroq, dahanasi uch ravoqqa boʻlingan. Kitobasi arabiy yozuvdan iborat.

Darsxona toʻrtburchak tarxli, gumbazli, burchaklari hujralarga tutash. Yon tarzlari qoʻshqavat ravoklar qatorini takrorlaydi. Yozlik masjid maydon sahnining toʻrida Madrasa va xonaqoh orasida joylashgan. Peshtogʻining 2 qanoti qoʻsh qavatli hujralardan iborat. Peshtoq oldidagi supa sahnidan namozgoh sifatida foydalanilgan. Moʻʼjaz minora meʼmoriy majmua markazida joylashgan.


Manba: Wikipedia