Changqo‘biz, changqovuz— til-chali cholg‘u asbobi. Plastinkasimon va yoysimon turlari bor. Suyak, yog‘och, qamish, g‘arov, metalldan yasaladi. Osiyo (Sibir, Uzoq Sharq, O‘rta Osiyo), Af-rika va Yevropa xalklarida turli nom-da tarqalgan bo‘lib, musiqiy folklor qatlamiga mansub cholg‘udir.
Changqo‘biz tishlarga yaqin ushlab yoki bosib turib, tilchasi (turiga qarab) unga bog‘langan ip yorda-mida tortib yoki qo‘l barmoklari (odat-da, ko‘rsatgich barmoq) bilan tirnab chalinadi. Undan ma’lum balandlikdagi doimiy bir ovoz va shu ovoz oberton-laridan og‘iz artikulyatsiyasi yordamida muayyan ohanglar chiqariladi.
Ovozning balandpastligi og‘iz bo‘shlig‘ining kattakichik ochilishiga, cholgu tilchasining uzun va qalinligiga bog‘liqdir. Changqo‘biz o‘ziga xos past ovozi, nisbatan tor (oktava doirasidagi) diapazoni bilan ajralib turadi. O‘tmishda o‘zbeklarda suyak changqovuz («Alpomish» dostoni) va temir changqovuz turlari bo‘lib, asosan, xotinqizlar tomonidan qo‘llanilgan.
Hozir O‘zbekistonda, asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, shuningdek, Samarkand va Buxoro viloyatlarida temir changqovuz tarqalgan. 1990-y.lardan boshlab ba’zi folkloretnografik jamoalar tomonidan keng ishlatiladigan bo‘ddi. Changqo‘biz ma’lum Temir changqo‘biz. marosim bilan bog‘liq bo‘lmay, unda oddiy (ba’zida badiha uslubidagi) kichik kuylar («Changqovuz kuy» yoki «Changqovuz chertit») chalinadi. Shuningdek, changqovuz da turli hayvonlarning ovozlariga o‘xshatmalar qilinadi.
O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi