Arab Muhammadxon madrasasi

  • 27 Iyul, 2015
  •   0
  • 0
  • 11903

Arab Muhammad xon madrasasi Xivaning me’moriy obidalari sirasida eng qadimiylaridan biridir. U Ichan Qal’aning markazida, mashhurmas, lekin qadimiy madrasa bo‘lmish Muhammad Aminxonning oldida joylashgan. madrasa Xorazm hukmdori shayboniylardan Arab Muhammad xon buyrug‘i bilan poytaxtning Urgunchdan Xivaga ko‘chirilish munosabati bilan qurilgan.

Madrasa nomini olgan Arab Muhammad xon Xorazm tarixida mashhur shaxs bo‘lgan. U 1603-1621 hokimiyatni boshqargan. Bu vaqt ichida u hokimiyatni boshqarish borasida aytarli yutuqlarga erishgan. Aynan uning buyrug‘i bilan Xiva Xorazm davlatining yangi poytaxti bo‘lgan. U hukmronlik qilgan yillar Xorazm chiroyi bo‘yicha Samarqand-u Buxorodan ortda qolmaydigan O‘rta Osiyoning go‘zal shaharlaridan biriga aylangan. Arab Muhammad xon shaharni obodonlashtirish borasida ko‘plab ishlarni amalga oshirgan. Uning buyrug‘i bilan ko‘plab madrasa, masjid va aholi himoyasi binolari qurilgan bo‘lsa-da, ularning ko‘plari hozirgi kunga qadar saqlanmagan.

1616 yil bu sana sharafiga Arab Muhammad xon shahar aholisi uchun madrasa qurishga buyruq beradi. Avvaliga, hozirgi bino o‘rnida boshqa — xivalik mashhur ayol tomonidan qurilgan kichik madrasa bo‘lgan. Arab Muhammad xon bu binoni oldidagi yerlar bilan qo‘shib sotib oladi.

Madrasa bir qavatli to‘g‘ri burchak shaklidagi g‘ishtdan qurilgan bino ko‘rinishida bo‘lgan. Kirish portalida an’anaviy tarzda Qur’on oyatlari o‘yib yozilgan. Bino burchaklarida kichik minoralar joylashgan. Madrasada, shuningdek, o‘quvchilar uchun hajralar va namoz o‘qish joylari ham mavjud. Masjidning yon tarafida dars xonarali bor.

Madrasa bir necha bor qayta qurilgan va qayta tiklangan. 1838 yil bino eskirganligi sababli Xorazm hukmdori Olloqulixon buyrug‘i bilan madrasa Xivaning eski me’morchiligiga xos ravishda qayta qurilgan. Ikkinchi qavat qurilgan. Madrasadagi hujralar va dars xonalari soni ko‘paytirilgan. Bino portal qisman o‘zgartirilgan. Aynan shunday ko‘rinishi hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Bugun madrasa sayyohlar tomosha qilishlari uchun eng sevimli joyga aylangan.


Manba: http://www.advantour.com/uzbekistan/khiva/arab-muhammad.htm