Abdullaxon madrasasi

  • 27 Iyul, 2015
  •   0
  • 0
  • 12819

Qutlug‘ Murod Inoq madrasasiga yondosh qilib 1855 yilda qurilgan ushbu madrasa Xiva xoni Abdullaxon (1855-1855) sharafiga uning o‘limidan keyin onasi tomonidan qurilgan. Madrasa peshtoqini hisobga olmaganda madrasaga bezak berilmagan, juda sodda uslubda qurilgan bo‘libdarsxona va unga yondosh bir qavatli hujralar qatorasiga joylashgan, madrasa o‘rtasida quduq bor.

Ustozimiz Komiljon Xudoyberganovning “Xiva xonlari shajarasi” risolasining Abdullaxonga bag‘ishlangan mavzusida xon to‘g‘risida shunday fikr bildiriladi: “Abdullaxon har kimlar so‘ziga kiruvchan bo‘lib, Mir Ahmadning so‘zi bilan bir necha begunohni nohaq qonini to‘kdi. U shoshma-shoshar, besabr kishi edi. Lekin do‘stlashishni, odillikni sevar, jasur va bahodir ham edi. Undan o‘g‘il farzand qolmadi, bir qizi bo‘lib, Abdullaziz to‘raga nasib etdi. Abdullaxon vafotidan keyin uning onasi, o‘g‘lini nomini saqlash maqsadida bir madrasa bino qildirdi”.

Hozirgi vaqtda madrasada “ Tabiat muzeyi” ekspozitsiyasi joylashgan.


Manba: http://www.khivamuseum.uz/index.php/historical-objects/mosques/23-madrasa-abdullaxon