Samarqanddagi tinchlik va birdamlik muzeyi

  • 05 Iyun, 2017
  •   0
  • 0
  • 11812

1986 yilning (Xalqaro tinchlik yili) dekabr oyida Samarqand shahrida Tinchlik va birdamlik muzeyi ochilgan. Aytish joizki, Samarqanddagi Tinchlik muzeyi MDH hamda Boltiq bo‘yi mamlakatlaridagi yagona muzeydir. Butun dunyo bo‘ylab bu kabi muzeylar soni 46 ta donadir. Muzeyning asosiy maqsadi, diplomatik usul orqali dunyoning barcha xalqlarini birlashtirishdir.

Shuningdek, muzey ekspozitsiyasining o‘zida xos maqsadi, zamonaviy dunyo muammolaridan insonlarni boxabar qilish va xalqlar orasida birdamlik xissini oshirish kabilardan iborat. Bugun muzey to‘plami dunyoning barcha qit’alaridagi 100 dan ziyod mamlakatlarining 20 mingdan ziyod ekspozitsiyani o‘zida jam qilgan.

Muzey eksponatlari orasida tuproq solingan kapsula ham bo‘lib, u Stalingrad jang maydoni va Osventsim kontslageridan olingan. Shuningdek, insoniyat uchun yodgorlik sanaluvchi  bomba qoldiqlari, Berlin devori qoldiqlari kabi eng dahshatli bo‘lgani kabi, eng go‘zal onlarni ham esga soluvchi boshqa ko‘plab eksponatlarni ko‘rish mumkin.

Direktor Anatoliy Ionesov boshchiligida muzey xodimlari “Dunyo qo‘lyozmalari” nomli noyob loyiha — shaxsiy nomalar, suratlar, ijodiy faoliyati dunyo taraqqiyoti hamda xalqlar orasidagi hamjixatlik ustuvorligi sari hissa qo‘shgan insonlarning asarlari to‘plamlari ham mavjud. Mazkur to‘plamda ko‘plab mashhur siyosatchilar, yozuvchilar hamda jamoat arboblarining, hatto 142 nafar Nobel mukofoti laureatlari dastxatlari ham mavjud.

Tinchlik va birdamlik muzeyi barcha xodisalarni — Yer sayyorasida tinchlik hamda birdamlikni saqlashda o‘z xissasini qo‘shgan insonlarning faoliyatini avlodlar xotirasida saqlovchi noyob loyihadir.


Manba: http://uzholidays.com/samarkand/muzei-samarkanda.html