Sirli masjidi

  • Ob'yekt yaratilgan sana: 20 asr
  • Hudud: Namangan viloyati
  • Kategoriya: Yodgorliklar
  • 15 Iyun, 2017
  •   0
  • 0
  • 10574

Sirli masjidi (naqshinkor, zarhallangan, a’lo deb tarjima qilinadi) XX asrning boshlarida qurilgan. Masjid qarshisida hovuz qurilgan, hovlining ichida, sersoya va yoshi ulug‘ chinorlar ostida bino ko‘rinadi. U assimetrik va to‘g‘ri burchakli ikki ustunli zaldan hamda ikki taraflama ayvondan tashkil topgan. Asosiy qismi 7 bo‘shliqli shiypondan qurilgan. Zalda va ayvonda nayzasimon mehroblar qurilgan. Ayvon mehrobi ustidagi hovuzni qoplovchi ohaktoshli gumbazi juda go‘zal. Zal intereri bezatilmagan, lekin ayvon shifti katta, serhasham yozuvlar bilan ziynatlangan, yog‘och ustunlar ohaktosh kapitelilar va osti shakldor tayanch bilan bezatilgan. Devorlarning yuqorisi keng geometrik naqsh bilan hoshiyalangan. Ayvonning ajoyib naqshlari — bu tojdagi olmozdir. Bu yerdan chiqar ekansiz, me’morlar va bezak ustalarining mohirona ishiga tan berib, hayrat xissi bilan chiqib ketasiz.


Manba: Ризо Ахмад