Andijon jome masjidi majmuasi

  • 21 Oktyabr, 2015
  •   0
  • 0
  • 18137

Andijon jome masjidi majmuasi — me’moriy yodgorlik 19- asr oxirlariga tegishli. Masjid, Madrasa va minoradan iborat. Madrasa bosh tarzi sharqqa qaratib qurilgan. Tarzining o‘rtasida peshtoq qad ko‘targan. Uning ikki yonida bezakdor minora bor. Burchaklarida gumbazli darsxonalar, ularning o‘rtasida ikki qavatli hujralar joylashgan. Birinchi qavatning tekis devorlarida to‘rt burchakli darchalarga panjaralar ishlangan. Ikkinchi qavatdagi hujralarning mehrobiy ravoqlari bosh tarziga ko‘rkamlik baxsh etadi.

Masjid majmuaning g‘arbiy qismida joylashgan. Uning tarhi to‘g‘ri burchakli xonaqoh va uch tomoni qator ustunli, shifti bezakdor ayvondan iborat.

Minora balandligi 32 m bo'lib, hovlida joylashgan. Asosi sakkiz qirrali, yozma naqshli turunjlar va koshin bilan pardozlangan. 

Jomega beshta (janubda bitta, shimol va sharqdan ikkitadan) darvoza orqali kirilgan. Andijon jome masjidi majmuasi qurilishida Isaxon, Yu.Musayev va boshqa ustalar qatnashgan. 1902 yilgi zilzila oqibatida shikastlangan. Binolar 1971-74 va 1999-2000 yillarda qayta ta’mirlangan.


Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Andijon_jome_masjidi_majmuasi