Zomin tog`lari

  • 25 Sentyabr, 2015
  •   0
  • 0
  • 30017

Hudud ikki qismdan tarkib topgan: Turkiston tog`larining shimoliy tizmalarida joylashgan, bir-biri bilan chegaradosh Zomin Davlat qo`riqxonasi va Zomin Xalq bog`i. Zomin Davlat qo`riqxonasi Zomin va Baxmal tumanlari hududida, 26840 ga maydonga ega bo`lib, 1960 yil tashkil qilingan. Zomin Xalq bog`i 1978 yil tashkil qilingan, Jizzax viloyatining Zomin tumanida 24110 ga maydonni tashkil qiladi. Qo`riqxona o`z hududidagi barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va daxlsizligini ta’minlaydi. Xalq Bog`i noyob tog` ekotizimlarni saqlash, tiklash va rekreatsion tadqiq qilish maqsadida tashkil etilgan. Qarag`ay o`rmonlari hududdagi eng yirik o`rmonlardan hisoblanadi. O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvonot turlari (14 ta) va o`simliklari (18 ta) mavjud. Hudud 1913 yildan buyon turli darajada muhofaza ostiga olingani sabab, noyob tabiiy resurslar saqlanib qolgan.


O`zbekiston
Kiritilgan vaqti: 18/01/2008
Mezon: (VIII)(IX)(X)
Toifa: Tabiiy
Kim tomonidan taklif qilingan: YUNESKO ishlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi
Hudud: Jizzax

Koordinatalari: N39 36 E68 20
Ref.: 5289


Manba: http://www.zaamin.uz