Zaraut-Kamar darasi

  • 05 Iyun, 2015
  •   0
  • 0
  • 11069

Hisor tog‘ining janubiy-g‘arbiy tizmasida, Ko‘gitang tog‘larida, dengiz sathidan taxminan 2000 metr balandlikda Zaraut-Soy darasida juda mashhur Zaraut-kamar darasi joylashgan. Mazkur daraning o‘yma yozuvlari 1939 yili mahalliy ovchi I.F.Lamayev tomonidan topilgan va bir necha marotaba har xio mualliflar tomonidan o‘rganilgan va nashr qilingan. Yozuvlar paleolit davriga tegishliligi haqidagi ilk fikrlar xato bo‘lib chiqqan. A.A.Formozov yozuvlarni mezolit davriga tegishliligini, undan ilgariroq davrlarga tegishli emasligini ilgari surgan.

Qoyadagi yozuv rangli oxralarda bajarilgan va to‘rt guruhdagi tasvirni o‘z ichiga olib, ularda antropomorf shakllar va buqalarni uchratish mumkin. Shuningdek, o‘lchami bo‘yicha eng yirik (ko‘ndlangiga 60 sm.dan kattaroq) shakldagi uchinchi guruh tarvirini ham ko‘rish mumkin. Olimlarning fikriga ko‘ra unda buqa ovlayotgan ovchi tasvirlangan. Antropomorf shakllar orasida, ya’ni buqani o‘rab olgan ovchilar tasviri ikkita turga ajraladi: biri — pastga qarab kengaygan kiyimlardagi kamonsiz shakllar bo‘lsa, boshqasi — dumdor shakllar bo‘lib, ikkinchisi Chatal-Xyuyuka devorlariga solingan o‘yma tasvirlarini eslatadi. 

Birinchi turdagi barcha shakllarning kiyimi ostidan allaqanday bumlar chiqib turadi: uchi qayilgan tayoqlar. Ushbu tasvirni har xil tahlil qilsa bo‘ladi: niqob kiygan ovchilarning ovga chiqqanligini hamda Lyasko afsonasining bir davridagi “buqa jangi” sahna deya qarash ham mumkin.


Manba: wikipedia