Xudoyorxon saroyi

  • 22 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 43021

Xudoyorxon saroyi — 1863-1873 yillarda barpo etilgan bo‘lib, Xudoyorxon Qo‘qon xoni o‘ziga saroy-qo‘rg‘on qurdiradi, u o‘rda deb nomlanib, Buxoro ravog‘iga qarama-qarshi qad rostlagan.So‘nggi Qo‘qon xoni Xudoyorxon tomonidan qurilgan mazkur tarixiy yodgorlik dastlab 3 ta qism va 114 xonadan iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda faqatgina so‘nggi qismi va 19 ta xona saqlanib qolgan.

Xudoyorxon davrida qishloq xo‘jaligiga e'tibor berilgan, yangi anhor va ariqlar qazilgan. Qo‘qonda 1873 yilda xon o‘rdasi bitkazilib nihoyasiga yetkazilgan. Bundan tashqari, Xudoyorxon davrida “Madrasai Oliy”, “Madrasai Hokim oyim”, “Madrasai Sulton Murodbek”lar qurilgan. Xudoyorxonning farmoni bilan mahzun (Ziyovuddin Ho‘qandiy) 1696 sahifalik “Shohnoma” asarini yozgan (qo‘lyozma Istambulda saqlanmoqda).

Xudoyorxon davrida xonlik hududi ancha qisqarib, turli soliqlar o‘ylab chiqilgan. Buning ustiga 1868 yilgi Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman bilan tuzilgan “teng huquqli” shartnomaga muvofiq, rus savdogarlariga xonlikning hamma shahar va qishloqlarida bo‘lish va karvonsaroylar qurish, rus tovarlarini xonlik hudui orqali boshqa davlatlarga boj to‘lamasdan bemalol olib o‘tish huquqi berilgan. Ammo, yuzaga kelgan siyosiy vaziyat tufayli u K.P. Kaufman bilan ko‘proq yaqinlashishga majbur bo‘lgan.


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/kokand/khudoyar-khan.htm