Xo‘ja Zayniddin masjidi

Xo‘ja Zayniddin masjidi - XVI asrga tegishli. Qadimiy Buxoroning durdonalaridan bo‘lgan Xo‘ja Zayniddin masjidi eski mahalla ichida joylashgan. Masjid Xo‘ja Zayniddin hazratlarining tashabbuslari bilan Imom al-Buxoriy hazratlari sharafiga Buxorodagi eng qadimiy hovuz bo‘yiga, usta Mir Dustumbiy tomonidan qurilgan.

Xo‘ja Zayniddin 1465-1480 yillari Buxoroda qozi kalon lavozimida ishlagan. Masjid Abdulaziz ibn Ubaydullaxon davrida ta’mirlangan.

Keyingi ta’mirlash ishlari 1904 yilda Ahadxon ibn Muzaffarxon (1885-1910 y.) buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.

Foto: http://www.ziyouz.com/


Manba: http://www.advantour.com/