Soʻzana

  • 04 Iyun, 2015
  •   0
  • 0
  • 15375

Soʻzana (fors. — igna bilan tikilgan) — mashina yoki qoʻlda matoga kashta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum. Ip gazlama, shoyi, baxmal kabi sidirgʻa matolarga turli choklar (bosma, yoʻrma, popop)da kashta tikiladi. Kashta zamini sifatida mato rangi S. koloritini hosil qilishda muhim rol oʻynashi bilan palaksan farq qiladi. Naqsh mujassamoti markaziy maydon (aylana gul va b.) va hoshiya (takrorlanuvchi 1—2 naqsh boʻlagi)dan tuzilgan toʻrtburchak, murabba shaklga ega boʻlib, asosan, oʻsimliksimon (baʼzan tasvirli, syujetli) naqshgullardan iborat. Naksh mujassamotining asosiy chiziklari axta yordamida matoga tushiriladi. S.ning badiiyligi, nafosati chevarning mahorati, uning ijodiy didi bilan belgilanadi. Ayniqsa, zardoʻzlikdz. tayyorlanadigan S.lar jilosi, jozibasi bilan ajralib turadi. S, odatda, xonani bezatish uchun devorga osiladi (ayrim mintaqalarda kelinkuyovlarning oʻrni ustiga yopiladi).

Suzana (19-a. oxiri, Shaxrisabz). Oʻzbekiston va Tojikiston hududida S. qadimdan keng tarqalgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shaxrisabz va b.da oʻziga xos tarzda tayyorlangan S.lar kashtasi, naqshi, rangi jihatdan xilmaxil boʻlib, ulardan namunalar respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida, xususiy toʻplamlarda saqlanadi. 20-a.ning 20—30y.larida S.ning asosiy mujassamoti shakllandi (hoshiya ingichkalashdi, gullar yetakchi oʻrinni egalladi), 40y.lardan mashina kashtadoʻzligining rivojlanishi bilan S. kashtalari mashinada ham tikila boshlandi, mavzuli, tasvirli S. mujassamotlari yuzaga keldi. 20-a. oxiriga kelib Oʻzbekiston mustaqilligi (1991) dan keyin amaliy bezak sanʼatining barcha sohalarida boʻlganidek, kashtadoʻzlik (jumladan, uning S. turi) ham jadal rivojlandi, S. uchun mato va kashtalar uchun iplar tayyorlash keng yoʻlga qoʻyildi. Bunda Buxoro (3. Aʼloberdiyeva, 3. Obloqulova va b.), Surxondaryo (A. Xolyorova va b.), Samarqand (S. Rahmatullayeva, M. Haydarova va b.), Toshkent (I.Davlatov, Z.Fayzullayeva va b.), Qashqadaryo (3. Hamidova va b.) kabi S. tayyorlash markazlarining hissasi katta. Zamonaviy mujassamotli, nafis koloritli, serjilo, rangbarang S.lar yaratilmoqda, ular xalqaro koʻrgazmalar (AQSH, Fransiya, Italiya va b.)da namoyish etiladi, muzey va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.

S. mujassamotlarini yaratishda rassomlar amaliy sanʼat ustalari bilan hamkorlik qilmoqda.

Toshkent so'zanasi

Shaxrisabz so'zanasi

Buxoro so'zanasi

Samarqand so'zanasi

https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D1%8E%D0%B7%D...)
http://asia-travel.uz/uzbekistan/crafting/colorful...


Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Soʻzana