Shayx Muxtor Valiy Maqbarasi — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi memoriy yodgorlik (XIV asr). Katta va kichik xona hamda gwrxonadan iborat. Katga xonaning to‘rt tomoni chuqur ravoqli, keyinchalik yonlaridagi hujralarga eshik ochilgan. Kichik xonaning ham burchaklarida hujralar, shuningdek, ziyoratxona qurilgan.
Orqasida 2 go‘rxona, halimxona va omborxona bor. Maqbarada Shayx Muxtor Valiy, uning xotini va yaqin kishilari qabrlari joylashgan. Maqbara hajmi xar xil to‘rtburchak g’ishtlardan qurilgan. Yog’och o‘ymakorligi bilan nafis bezatilgan 4 eshik saqlangan, bularning birida usta Zayniddin ibn Odina Muhammadning nomi yozilgan. Muhammad Rahimxon hukmronligi davri (1806— 25)da ta‘mir etilib, yangi bir ustunli ayvon va qo‘rixona qurilgan. Hozir obida davlat muhofazasiga olinib, ziyoratgohga aylantirilgan.