Sergey Yesenin muzeyi

  • 23 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 9600

Muzey zallarida Sergey Yeseninning avtograflari, uning juda kamyob asarlari, betakror suratlari, shoirning ovozi yozib olingan gramplastinkalar mavjud. Shuningdek muzeyga muhandis-energetik V.Yuferev tomonidan taqdim etilgan yigirmanchi yillar kamyob asarlari ham barchada katta qiziqish uyg‘otadi. Uzoq yillar Toshkentda yashagan shoir Aleksandr Shiryavsev fondi materiallari asosida "Yesenin va biz" ekspozitsiyasi tashkil qilingan. Uning Erkin Vohidov va boshqa ijodkorlar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan, shuningdek o‘zga tildagi kitoblari mavjudligi shoirning ijodiy biografiyasiga bo‘lgan qiziqishdan darak beradi.


Manba: Мирзо Улуғбек тумани, Мустақиллик кўчаси (собиқ Пушкин), Толстой берк кўчаси, 20 уй