Sarmishsoy darasi

  • 11 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 23716

Sarmishsoy darasi qoyatoshlarda o’yilgan sur’atlar orqali butun dunyo olimlari va sayyohlarini o’ziga jalb qiladi. Ushbu dara Qoratog’ tog’ining janubiy yonbag’ridagi Nurato tog’larida joylashgan. Ushbu tog’lar Navoiy shahridan 40km cha uzoqlikdadir. Sarmishsoy darasi O’zbekiston Respublikasining eng noyob tarixiy va sayyohlik kompleksidir. Sarmishsoyning o’simlik va hayvonot dunyosi juda ajoyib va xilma-xildir. Bundan tashqari ushbu darada butun Sarmishsoy darasi bo’ylab oqib o’tuvchi soy mavjuddir.

Olimlar Sarmishsoy darasining 20km2 maydonida 10 000 ga yaqin petrogliflarni topishgan. Ushbu petrogliflarningm ilk marotaba qachon Sarmishsoy darasining qoyatoshlarida paydo bo’lganligi noma’lum. Ammo olimlarning ta’kidlashicha, qadimgi odamlarning ilk manzilgohlari paleolit davrida aynan Sarmishsoy darasida paydo bo’lgan (taxminan mil.av. 300-25 mingyillik). Kaltaminor madaniyati izlari ushbu darada neolit davrida qoldirilgan.

Ma’lumki, o’sha davrda Sarmishsoy darasida qabilalar yashagan. Ular “Sarmish” soyidan baliq ovlashgan, ovchilik bilan shug’ullangan.

Sarmishsoy darasining tabiatan qulay joylashganligi , o’simlik va hayvonot dunyosining boyligi, ichimlik suvining mavjudligi qadimgi odamlarning yashashi va turli xil marosimlarni o’tkazishi uchun juda qulay bo’lgan. Buni biz qoyatoshlardagi o’yilgan rasmlardan ham bilib olishimiz mumkin. Barcha rasmlar qoyatoshlarda qadimgi odamlar tomonidan yaratilgan.
Daradagi petrogliflar qadimgi odamlar hayotidan turli xil qiyofa va syujetlarni o’zida aks ettirgan.

Qoyalarda yovvoyi ot, tog’ echkisi, to’ng’iz, sayg’oq, arxar, ho’kiz, bug’u, bison, sher, qoplon, leopard, tulki, shoqol, jayron kabi o’sha davrning hayvonot olami vakillari tasvirlangan. Yuqorida sanab o’tilgan hayvonlarning ko’pgina turlari yo’qolib ketgan.
Bundan tashqari ko’pgina petrogliflar ovchilikka bag’ishlangan.

Petrogliflarning bir qismi guruhlardan iborat bo’lgan ovchilikni tasvirlasa, qolgan qismi yakka ovchilikni tasvirlaydi.
Shuningdek Sarmishsoy darasining qoyatoshlarida turli xil marosimlar va qurbonliklarni amalga oshirayotgan odamlar aks ettirilgan tasvirlarni uchratish mumkin.

Bundan tashqari qoyalarda ikki boshli o’zgasayyoraliklar tasvirlangan ajoyib tasvirlar ham mavjud.
Bu yerda keyinchalik yani aniqrog’i paleolit davrida tasvirlangan petrogliflar ham uchraydi. Ularda ot mingan cho’pon, tuya kuchuk va ko’pgina tushunarsiz narsalar bilan birgalikda bog’langan ko’pgina odamlar to’dasi tasvirlangan.
Bugungi kunda Sarmishsoy darasi UNESCO ga qarashki petrogliflardan iborat milliy parkka aylantirilgan.


Manba: Internet