Raboti Malik

  • 16 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 10929

Raboti malik, Shoh raboti -Oʻrta Osiyodagi monumental meʼmoriy yodgorlik (taxm. 1069—79). Qad. Buxoro — Samarqand yoʻlining Choʻli Malikdagi yirik chegara va savdo bekatida bunyod etilgan. Katta karvonsaroy, hozirgi Navoiy sh. yaqinida. Bizgacha uning faqat peshtoq qismi (diametri — 12,6 m.) saqlangan. Jan. minorasi (bal. 5,5 m) 1930 y.gacha mavjud boʻlgan. P.M. karvonsaroy vazifasidan tashqari, istehkom, qoʻrgʻon sifatida ham muhim rol oʻynagan. Rabot katta keng hovli (22,5x22,5 m) va atrofi oʻralgan 2 qavatli xona-hujralardan iborat boʻlib, ularga sopol quvurlar orqali suv oʻtkazilgan. 

Markaziy qismi toʻridagi muhtasham saroy oldi bir qatorli ravoqli ayvon (7,5x13 m) 2 qanotiga joylashgan. 20 ta gʻishtin ustun ishlangan. Unga jan.dagi peshtoqli darvoza orqali kirilgan. Atrofi qalin devorlar bilan oʻralgan (jan. va shim. bal. 2,35 m, gʻarb va sharqiy qismi 1,5 m, uz. 84—86 m, old devor bal. 12 m ga yaqin). Maydonga qaragan jan. tarzi oʻrtasidagi ulkan peshtoq (boʻyi 18 m, eni 12 m) Oʻrta Osiyoda eng qad. boʻlib, 8 kirrali yulduzlar, turli handasiy shakllar mavjud. 2 chekkasida burj boʻlib, ular oʻzaro baland devor bilan ulangan. 

Devor oʻrtasida piltavor burjlar qatori tepasi kichrayuvchi ravoqlar bilan bogʻlangan. Devor yuqorisi gʻishtin kufiy xatlar bilan hoshiyalangan. Burjlar tepasida ravoqli koʻshk boʻlib, undan atrofni kuzatish qulay boʻlgan. Koʻshk ostida ganchdan yasalgan ikki qator yirik sharafa va kufiy xat halqasi koʻzga tashlanadi. Rabot devorlarining oʻzagi xom gʻishtdan (28x28x6,5 sm) terilgan, sirti pishiq gʻishtdan (24x24x4 sm) ishlangan. Bezaklari, asosan, gʻishtin, oz miqdorda oʻyma ganch naqshlar ham uchraydi. P.M. harobasi davlat muhofazasiga olingan.


Manba: Wikipedia