Qora kamar g‘ori

  • 22 Iyul, 2015
  •   0
  • 0
  • 11455

Qora kamar – qariyb ikki ming yillik tarixga ega ajoyib g‘or majmuasi bo‘lib, O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasidagi Sherobodning keng tepaligida toshli qoyalarda o‘yilgan. Birinchi marta g‘or 1875 yilda mashhur geograf va sayohatchi N.A.Mayev tomonidan Sharqiy Buxoro yo‘llarini rekognostsirovka qilish davrida ixtiro qilingan.

Qora kamar majmuasi tuzilishi Sharqdagi boshqa sun’iy g‘orlar ichida yagona hisoblanadi. U to‘liq ravishda g‘orli shahar bo‘lib, uchta katta zal va ko‘plab mayda xonalardan tarkib topgan. Uning ochiq o‘yiq tomoni jarlikka osilib turadi. Quruvchilarning majmuani tabiat bilan hamoxang tarzda qurilishiga e’tiborlarini qaratishlari maqtovga loyiq.

G‘or ichidan baqtriya, grek, arab va boshqa tillardagi yozuvlar topilgan. Bu yerda ikki uch satrli lotin yozuvi ilmiy dunyoda katta shov shuvga sababchi bo‘ldi. Sababi Baqtriya Rim imperiyasidan ancha ming kilometr uzoqda edi. Yozuvlarda 15-rim legioni “Apolinaris” nomi bo‘lmish, “Gay Reks” ismini aniqlash mumkin. 15-Pannon legioni er.avv. 53 yilda Yuliy Sezar tomonidan tashkil etilgan va u er.avv. 37 yilda rim imperiyasining butunlay tor-mor etilishi hamda taslim bo‘lishiga olib kelgan Antoniyaga parfyan yurushida ishtirok etgan. Parfyan qiroli Orod II asirga tushgan rimlyanlarni So‘g‘d va Baqtriya chegarasidagi Margianda joylashtirgan. Ammo Fraat IV er.avv. 20 yilda ularni Avgustga qaytargan. Diqqatga sazovor joyi shundaki ushbu legion keyinchalik bitta ham rim-parfyan urushlarida aktiv tarzda ishtirok etmagan. Biroq boshqa taxminlarga ko‘ra, Gay Reks Kushon Baqtriyasiga yo‘naltirilgan rim savdo yoki diplomatik vazifa ishtirokchilaridan biri bo‘lgan.

G‘or majmuasi eramizdan avval paydo bo‘lgan, sinkretik dini, Mitra muxlislarining o‘ziga xos ibodatxonasi hisoblangan mitreum deb nomlanmish inshoot bilan o‘xshashligi mavjud. U legionerlar orasida paydo bo‘lib, keyinchalik butun Rim imperiyasi bo‘ylab tarqalgan.


Manba: http://welcomeuzbekistan.uz/ru/dostoprimechatelnosti/dostoprimechatelnosti-termez/1230-kara-kamar.html