O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi

  • 23 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 17476

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi — eng keksa ilmiy-ma'rifiy muassasa hisoblanadi. U 1876 yil 12 iyulda tashkil etilgan. Muzeyda quyidagi 4 bo‘lim faoliyat ko‘rsatadi: flora-fauna bo‘limi, geologiya-geografiya bo‘limi, ilmiy-ma'rifat bo‘limi, fond bo‘limi. O‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi O‘zbekistondagi muzeylar ichida birinchi bo‘lib tabiatni namoyish qilishning landshaft usulini ishlab chiqdi av o‘z ekspozitsiyalarida amalga oshirdi. Bu usul tabiat hodisalarini o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risida yaqqol tasavvur beradi. Muzey fondida 400 mingdan ortiq namuna bor: shu jumladan, 300 mingdan ortiq hasharotni o‘z ichiga olgan O‘rta Osiyoda eng yirik entomologiya fondi, ming varaq gerbariydan iborat botanika fondi hamda zoologiya va geografiya materiallari faqatgina O‘zbekiston olimlari o‘rtasida emas, balki Mustaqil Hamdo‘stlik Mamlakatlarida ham mashhur.


Manba: http://www.prostoturist.com.ua/spravochniki/dostoprimechatelnosti/id/24975