Ota Darvoza

  • 26 Iyun, 2015
  •   0
  • 0
  • 10816

Al-Xorazmiy nomidagi mehmondo‘stlik maydonida joylashgan Ota darvoza Ichan-qal’ani g‘arbiy qismidagi asosiy darvoza hisoblanadi. Ushbu darvoza orqali qadimiy va navqiron Xivaga tashrif buyurgan sayyohlar shaharga tashrif buyuradilar.

Darvozaning ichkari qismida 13 ta savdo rastasi, bostirmali bozor – chorsu bo‘lgan. Uning o‘ng tomonida esa Muhammad Aminxon madrasasi (1855 yil) chap tomonidan Ark (Ko‘hna-Ark) joylashgan. Darvoza ichkarisida xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlardan boj undiriladigan «Bojxona», pul almashtiriladigan «Sarrofxona» bo‘lgan. Darvozaning bo‘yi 10 metr, eni 4 metr. To‘rtta asosiy xonasi bo‘lib, XX-asrning 20-yillarida yiqilib ketgan va 1975 yili asl holida qayta tiklangan.


Manba: http://khivamuseum.uz/index.php/historical-objects/gates/17-otadarvoza