Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, yer osti suvlari hamda otmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim xususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan. Sugʻoriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida su`orilishga foydalaniladigan qaytmas suvlar va qurqchilik yillari Amudaryo va Sirdaryoning deltasiga quyiladigan suv miqdori kamaydi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda dengizning sathi 1961 yilga nisbatan 16,8 m ga pasaydi. 1994-yil 36,6 m. Bunda dengizning hajmi 3 marta, yuzasi 2 marta, shurlanish darajasi 9-10 gGʻl dan 34-37 gGʻl ga ortadi; 2000 yilga borib 180—200 ga koʻtariladi. Hozirgi kunda dengiz sathining pasayishi yiliga 80 — 110 sm tashkil etmoqda. Qirgʻoq chizigʻi 60 – 80 km pasayib, ochilib qolgan yerlar 23 ming km² tashkil etadi.
Amudaryo va Sirdaryoning kuyi oqimlarida suvning sifati yomonlashadi, hamda ichish uchun yaroqsiz boʻlib qoladi. Ekologik tizmlar, oʻsimlik va hayvonlar chuqur inqirozga uchrayapti. Eng yomon axvol Janubiy oroldir.Ushbu mintaqa oʻz ichiga shimoliy gʻarbiy qizil qum, Zaungaoʻz, Qora qum, Janubiyustyurt va Amudaryo delütasikabi landshaft komplekslarini oladi. Orol boʻyining umumiy maydoni — 473 ming km² boʻlsa, uning Janubiy qismi 245 ming km² tashkil etadi. Bunga KKR hududi,Oʻzbekistonning Xorazm viloyati, Turkmanistonning Toshavvoʻz viloyatlari kiradi. Orol va orol boʻyida sodir bulayotgan jadal ravishdagi cho'llanish hodisasi dunyo tajribasida uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baholash ancha qiyinchilikalrga duch kelmoqda.
Dengiz tubining ochilishi va daryo deltalarining qurishi hisobiga choʻl maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz zarrachalari bilan qoplanib yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi. Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida qum, tuz aerozonalarini shamol yordamida ko'chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda yiliga atmosferaga 100—150 mln. tonnagacha chang — to'zon kutarilishi mumkin. Dengiz tubidan kutarilganchang — tuz tuzoni atmosfera ifloslanishi 5 % ham ortib yubormoqda Chang — tuzonlarning atmosferaga kutarilishi 1 marta 1875 yili kosmosdan koʻzatilgan. Chang — toʻzon uzunligi — 400 km, eni esa 40 km boʻlib, radiusi 300 km tashkil etadi. Tuzlarning er yuzasida yogilishi natijasida paxtaning hosildorligi 5 — 15 % sholining esa 3-6 % pasayib ketdi. Orol boʻyiga yogilayotgan chang — tuz zarrachalaridan umumiy mikdor oʻrtacha 520 kgGʻga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri boʻlib koldi. KKR ning su`oriladigan maydonlari chang — tuz fraktsiyalari 250 kgGʻga dan Chimboy tumanida 500 t gacha boradi.