Olimpiya shon shuhrati muzeyi Vazirlar mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 284 sonli Qarori bilan tashkil topgan. Uning tantanaviy ochilish marosimida yurtboshimiz Islom Karimov bilan Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Prezidenti Xuan Antonio Samaranch ham qatnashgan. Muzey ekspozitsyasidan Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon chempionatlari, nufuzli xalqaro musobaqalardan keltirilgan katta miqdordagi nodir medallar, kuboklar, nishonlar, suvenirlar, pochta markalari, badiiy polotnolar, sport anjomlari o‘rin olgan.