Muhammad Rasul Mirzaboshi madrasasi

  • 03 Avgust, 2015
  •   0
  • 0
  • 7994

Muhammad Rasul Mirzaboshi o'zining madrasasini  Pahlavon Mahmud maqbarasidan janubi-g'arbda joylashgan qorixona qarshisida qurdirgan. Madrasa oddiy milliy uslubda hech qanday bezaklarsiz qurilgan bo'lib, baland bo'lmagan peshtog'i o'ng tomoni bilan shimolga qaratilgan. Binoning uncha katta bo'lmagan hajmi va oddiy ko'rinishi tufayli adabiyotlarda u Pahlavon Mahmud maqbarasi kompleksi tarkibiga kiritilgan.

Madrasa tuzulish jihatdan sodda bo'lib, trapesiya shaklga ega. Madrasaning kirish vestibyuli bitta xonadan iborat. Madrasa ichki hovlisiga to'g'ri to'rtburchak shaklidagi yo'lak orqali kirish mumkin. Kirishning chap qismida qabr joylashgan (taxminga ko'ra Muhammad Rasul Mirzo dafn etilgan). Hammasi bo'lib madrasada turli shakldagi 3 ta hujralar bor. Hovlining janubi-g'arbiy qismida to'rtburchak shaklidagi kichik masjid joylashgan. Ayni paytda, bu yerda yangi ayvon qurilgan.


Manba: http://welcomeuzbekistan.uz/