Miloddan avvalgi IV asr - milodiy XIV asrlarining arxeologo-me’moriy majmuasi.
Mizdaxkon — 2 mingdan ziyod yillar avval paydo bo‘lgan qadimiy qabriston.
Bu yerda “jahon soatlari” nomlanmish yodgorlik joylashgan. Bu yodgorlik imorat ko‘rinishidadir. Aytishlaricha, bino har yili bir donadan g‘isht yo‘qotadi, imorat butunlay qulagach, dunyo ham oxirlar ekan. Hozir binoning uchdan bir qismi vayron bo‘lgan. Qadimiy afsonaga ko‘ra, agar g‘ishtlar piramida ko‘rinishida tizilib niyat qilinsa, u albatta ijobat bo‘ladi. Piramidadagi g‘ishtlar soni yetitta bo‘lishi lozim, zero, musulmonlarda yetti soni muqaddas hisoblanadi.
Qadimiy Mizdaxkon arxeologik majmuasi katta maydonni — 200 gektarni egallagan bo‘lib, yirik magistral yo‘llar bo‘yida — Kunya-Urganch (Turkmaniston) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy mintaqalari bo‘lmish Qo‘ng‘irot hamda Mo‘ynoq yerlari hamda Ustyurt platosida joylashgan.
Uning asosiy qismlari Xo‘jayli shahrining janubiy-g‘arbiy chekkalaridagi uchta tepalikda joylashgan. O‘z ichiga Gyaup Qal’a, Shamun nabi maqbarasini, Mazlumxon Sulu, Xalfa Yerejep, Karvon saroylarni olgan. Qazilmalar natijasida noyob asyoviy dafn yertshlalari, tangalar, turli xil maishiy anjomlar, shisha, tilladan qilingan yuqori san’at buyumlari topilgan.
Mizdaxkon haqida mualliflik maqolasi:
Mizdaxkon afsonasi yoxud abadiy muhabbad qissasi
... Qadim-qadim zamonda, Amudaryo yuksak va mag‘rur Jayxun bo‘lib, Orol dengiziga tushgan vaqtlarda bugungidan o‘zgacha, umuman boshqa hayot hukm surgan. Bu yerda, Qoraqum va Qizilqum cho‘llari bilan o‘ralgan Xorazm vohasida jiddiy xissiyotlar qaynagan, mo‘g‘ul askarlari shiddat bilan o‘tgan, darveshlar dunyo kezgan... Tamom. Ishxonada o‘tirarkanmiz, chegarasiz dalalar bilan o‘ralgan baland yolg‘iz qo‘rg‘onlardagi Buyuk Ipak yo‘lining shovqin shaharlarini tasavvur qilish qiyin. Yoki ko‘z oldimizga hayot avjida qaynagan ajoyib saroylar va minoralar, rabot peshtoqlari va karvon saroylardan tashkil topgan tarix parchalaridan terilgan yorqin suratni keltirish mushkul. Lekin, agar biz keti uzilmaydigan ishimiz va tashvishimizni chetga surib, ish rejamizdan bir necha kun ajratib, hech bo‘lmaganda Qoraqalpog‘istonga yo‘l olsak, Xorazm cho‘llarining itoatsiz koshinlari darhol tiziladi. Buning uchun Nukus shahridan Xo‘jayli tomon uzoqlashsangiz bo‘lgani.
Xo‘jaylining g‘arbiy chekkasi ikki tarafdan Kunya Urganch (O‘rta asrlarda Xorazmshohlarning poytaxti) tomon yetaklaydi. U yerda, deyarli katta shahar mavjud (250 gektar maydonni egallaydi). Biz fotokameramizni sozlab, shahar tomon yo‘l olarkanmiz, bizning yo‘l ko‘rsatuvchimiz bo‘lmish O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘linmasi, tarix, arxeologiya va etnografiya institutining arxeologiya bo‘limi mudiri, tarix fanlari nomzodi G‘ayriddin Xojiniyazov yodgorlik tarixini so‘zlab beradi:
— Ushbu qadimiy shaharning nomi tarixdan “Mizjaxkon” (Mardadjkon) saqlanib qolgan bo‘lib, o‘rta asr arab jo‘g‘rofiya asarlarida ham so‘zga olingan. Mashhur jo‘g‘rofiya olimi Abu Zayd Ahmad ibn Sahl al Balhiy (850-934) asari asosida 903-913 yillarda yozilgan ibn-Rustada asari hamda 961 yil al-Istarxiy asarlarida Mizjaxkon haqida ham aytib o‘tilgan bo‘lib, ular bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Yodgorlikni tekshirish ishlari ilk bor 1928-1929 yillarda Sankt-Peterburg universiteti professori A.Yu.Yakubovskiy tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, akademik V.V.Bartolddan so‘ng Mizdahkon shaharchasini ma’lum arab manbaalari asosida aniqlagan. O‘tgan asrning 60 yillaridan boshlab bu yerda Qoraqalpog‘iston olim-arxeologlari izlanib ishlab kelishmoqda.
Mizdaxkon qadimiy manzilgohi g‘arbiy tepalikda mil. avv. IV-III asrlarda hosil bo‘lgan. IX-XI asrlarda shahar ta’mir ishlariga muhtoj bo‘lgan va harbiy qo‘riqxona bilan birga bino qad rostlaydi. O‘rta Osiyo mintaqasida katta o‘ringa ega bo‘lib kelgan Zardushtiylik (otashparastlik) o‘rniga islom dini kirib keladi. Mazkur belgilarni shahar qabristonidagi sopol idishlar va yangi musulmonchilik marosimlari asosidagi ossuariyalar orqali ko‘rish mumkin. Vaqt o‘tib shahar kengayib, gullashni boshlaydi va Buyuk ipak yo‘lidan shahar yo‘llaridan biri o‘tadi. Biroq, XIII asrdagi mo‘g‘ullarning Xorazm cho‘liga yurishi Mizdaxkonda hayot vaqtincha to‘xtashiga olib keladi. XIII-XIV asrlarning ikkinchi yarimida G‘ovur qal’a shimoli tomonda maydoni 80 gektarli, jipslashmagan yangi keng savdo-sanoat shaharchasi shakllanadi.
... Mana, biz Mizdaxkon maydonida turipmiz. Bizni bu yerlarning mullasi kutib oldi, ibodat qilib bo‘lgach, ziyorat qilishni taklif qildi. Sharqiy tepalikni hozir ham xizmat qilib kelayotgan qadimiy mozor egallaganligi bois, boshimizga shoyi ro‘mol tashlab olganmiz. Axir, bosh yalang bunday joyga kirish gunoh-ku! Aytmoqchi, qabrlarni ziyorat qilganda boshni berkitish barcha xalqlarda bor. Sharqiy tepalikning qadimiy qismini ossuar yodgorligi tashkil qiladi - u tepalikning g‘arbiy yarimtaligini egallaydi. Shu yerning o‘zida o‘rta asr va kechki o‘rta asr davrlariga tegishli musulmon qabrlari ham bor, shuningdek, bir qator tarixiy-me’moriy yodgorliklar ham mavjud bo‘lib, ular Mizdaxkon majmuasini tashkil qiladi. Pishgan g‘isht, bezak koshinlar, devorlar qoplamasi — barchasi o‘rta asr sharq davlatida me’morchilik yuqori darajada bo‘lganligining isbotidir.
Mizdaxkonning, deyarli barcha madaniy obektlari “etti” raqami bilan bog‘liq. Yetti gumbazni Shamuna Nabining yetti go‘zal qizi sharafiga qurilgan, deya hisoblashadi. Xalifa Yerejep yodgorligining ostida rivoyatlarga ko‘ra, Payg‘ambarimizning yetti sahobiylari dafn qilingan. Bundan tashqari, "Erejep" ("Radjab") ism bilan bir vaqtning o‘zida arab solnomasidagi yettinchi oyning nomi hamdir. Sag‘ana ham “etti sahoba” nomi bilan mashhur. “Jetti qari” maqbarasi Qur’onning yetti hatmchisiga tegishli. Shuning uchun ham ziyorat qiluvchilar yetti g‘ishtdan iborat ustuncha hosil qilishadi. Yetti g‘ishtdan iborat ustunni Xalifa Yerejep inshooti bilan ham bog‘lashadi. Aytishlaricha, yilda bir marotaba devordan bir donadan g‘isht tushar ekan. Devordagi so‘nggi g‘isht tushgan onda Yerdagi hayot ham o‘z yakuniga yetar ekan. Ziyoratchilar g‘ishtdan ustun qilishar ekan, bino bardavomligini yetti yilga cho‘zishar ekan.
Majmuaning har bir yodgorligi afosona-yu, rivoyatlarga boy bo‘lib, ularda qahramonlarning noaniq sharpasi-yu, allaqachon yakunlangan davrlardagi afsonaviy siymolari jonlanadi. Milodiy II-XIV asrlarga tegishli Jumard qassob yodgorligi haqida ham afsona mavjud. Unga ko‘ra bu yerda qachonlardir Jumard ismli boy inson yashagan. U qassob bo‘lib, hosil barakasiz bo‘lgan yil atrofdagilarga bepul barra go‘sht ulashgan. Shu bilan birga, tabarruk Jumard chorvadorlar homiysi ham bo‘lgan. Chorva unumi tushib ketsa, tepalikka jonivorlarni haydab kelib, uning atrofida yetti martta aylantirishgan. Olimlar Jumard ismini qadimiy eroniy afsonaviy qahramon Gavmard (“buqa”ni tasvirlovchi “gav” - buqa, “mard” - inson) bilan bog‘lashadi. Gavmard, zardushtiylik kosmogoniyasining ilk odami bo‘lib, Ayryanem Vedjo (Xorazm)da Daytiy (Amudaryo) qirg‘og‘ida yashagan. Qadimiy tepalikning joylanishi keng to‘siqning markazida, ossuar topilmalar II-III asrlarga tegishli bo‘lib, ularda muqaddas zardushtiylik kitoblaridagi ko‘rsatmalarni ko‘rish mumkin.
Balandlikning g‘arbiy qiyasida majmuaning juda qiziq qismlari, ya’ni XI-XIV asrlarga tegishli Xalifa Yerejip yodgorligi mavjud. Qachonlardir buyuk hisoblangan imoratdan arzirsiz qoldiqlar qolgan. Devorlari xom g‘ishtdan ko‘tarilgan bo‘lib, ustidan pishgan g‘isht qoplangan. Peshtoq qulagan yerning pastki qatlamlaridan qachonlardir binoni bezashda xizmat qilgan XIII-XIV asrlarga tegishli rangli koshinlarning qoldiqlari topilgan. Ko‘rganlarimizdan xayratga kelib, hikoyani davom ettirayotgan kuzatuvchimizning ovozi yana qulog‘imizga chalinadi:
— Inshootni ikki qismga ajratuvchi ichki xonalardan chiqish yo‘liga qarab, olimlar bu bino qachonlardir ham o‘g‘il bolalar, ham qizlar o‘qishgan masjid-madrasa sifatida xizmat qilganini tahmin qilishadi. Biroq, XIV asrda ichki ko‘mish binosi paydo bo‘lgach, inshoot maqbara maqomiga ega bo‘lgan. Bu vaqtda binoning bosh g‘arbiy fasad oldiga ziyoratchilar uchun turli xonalar quriladi. Oq xonaqohga kelsak... Yozma manbaalarga ko‘ra, qurilish payg‘ambar shayx Sulaymon Xaddadi Musavifning avlodi bo‘lmish Seyra sharafiga podishoh Gurgunji Qutlug‘ Temur tomonidan amalga oshirilgan.
Mizdaxkon arxeologik yodgorliklari bilan tanishar ekanmiz, hovlisi bor yozgi hamda qishki masjid, xonaqoh, oshxona, yerosti maqbarasi va oldida turli vazifalar uchun qurilgan xonalardan (tahorat olish xonasi, xodimlarga xizmat ko‘rsatish xonasi) iborat Sulaymon Xaddadi majmuasi eshigiga keldik. Yozgi masjid ko‘pustunli, ikki mehrobli katta ayvon ko‘rinishida bo‘lib, ohaktosh uslubida bezatilgan, g‘arbiy devorining markazida xom loy ustiga ko‘filik yozuvi hamda o‘yma naqshlar solingan. Qishki masjid yozgi masjidning sharqiy devoriga biriktirilgan. Masjid ayvoni qachonlardir toshdan qilingan zina-poyalar ustiga o‘rnatilgan olti yog‘ochdan yasalgan ustun bilan to‘silgan.
Inshoot shimoliy tekisligining, tahminan markazida Jumard qassob qo‘rg‘onsimon tepaligi oldida noyob yetti gumbazli Shamun Nabi mozori joylashgan bo‘lib, Janubiy Orolbo‘yida hurmatga sazovordir. Afsonaga ko‘ra, Shamun Nabi mohir sehrgar bo‘lib, odamlar uning oldiga turli iltimoslar bilan murojaat qilgan. U juda ko‘plarga yordam bergan, ehtimol, shu sababli insonlar hanuz ziyoratga kelsalar, g‘ishtlarni terib, hayolan niyatlarini unga yo‘llaydilar. Shunday qilib, yodgorlik so‘nggi ezgulik va yovuzlik jangini hamda “haqiqatni biluvchi” so‘fi, kelajakni bashorat qiluvchi darveshlarni poylovchi otashparastlik bilan ham bog‘liq. To‘g‘riburchakli bino ichkaridan ketma-ket joylashgan gumbazlar bilan to‘silgan. Devorlar binoga monand qilib pishgan g‘ishtdan ko‘tarilgan. Mozor ichida katta qabr bor. Bir necha yillar avval olimlar uni ochishgan, lekin u bo‘sh bo‘lgan.
Eshitganlarim ichida eng romantik afsonalar, ehtimol Nozlimxon Suluv maqbarasi bilan bog‘liqdir. Ulardan biriga ko‘ra, maqbara qurib, gumbaz ostida ishini yakunlayotgan usta qurilish qilayotgan amaldor qizining qo‘lini so‘raydi. Mag‘rur go‘zal, kim shu chuqurga sakrasa, shu yigitni sevib qolishini ma’lum qiladi. Bir daqiqa ham o‘ylab o‘tirmay, usta jarlikka sakraydi va toshdan terilgan polga yiqilib, nobud bo‘ladi. Buni ko‘rgan go‘zal qiz shu zahotiyoq o‘zini joniga qasd qiladi. Ikkinchi afsonaga ko‘ra, uzoq o‘lkalardan kelgan shahzoda sayohat qilib yurib, Mizdahkonga kelib qoladi va boshqa ustalar bilan birga qurilishda xizmat qiladi. U hukmdorning qizi Nozlimxon Suluvni sevib qoladi. Sohibjamol esa unga javoban tuyg‘u bildiradi. Yigit qizning qo‘lini otasidan so‘ragani borganida, amaldor unga bir kechada shahardagi eng baland minorani qurish shartini qo‘yadi. Shahzoda-usta bu shartni bajaradi, lekin hukmdor qizidan ayrilishni istamay, va’dasini ustida turmaydi. Shunda, bebaxt oshiq o‘zini minoradan pastga tashlaydi, uning ortida mahbubasi ham sakraydi. Sevishganlar maqbaraga ko‘milgan, minora esa g‘am-andug‘ga botgan ota buyrug‘i bilan vayron qilinadi.
... Va yana kuzatuvchimiz bizni sayohatni davom ettirishga chorlab, romantik afsonalarga nisbatan dabdabaliroq, shu bilan birga haqiqatga yaqin bo‘lgan yodgorlikning qurilish tarixidan so‘zlaydi.
- Avvaliga, XII-XIV asrlarda Nazlimxon Suluv maqbarasining bir guruh yerosti binolari quriladi. Katta ayvonning chuqurchalarida ikkita ko‘milish amalga oshiriladi. Keyin, maqbara peshtoqi vayron qilinadi va bir qator yerusti xonalar quriladi va yana qator ko‘milishlar amalga oshiriladi.
Tosh zina-poyalar bo‘ylab maqbara ostiga tushiladi. Maqbaraning markaziy ayvoni kvadrat shaklda bo‘lib, uchta chuqur va bitta chuqur bo‘lmagan xonalardan iborat. Binoning g‘arbiy devorida kichkik ayvonga o‘tish uchun ark ochilgan. U havo rang g‘ishtlar bilan qoplangan sakkiz qirrali gumbaz bilan to‘silgan. Shimoldan katta ayvon bo‘ylab ikkita to‘q rangdagi xonalar balx qubbalar bilan birlashtirilgan. Ikki xonada ham gumbazga o‘tish ohaktosh uslubida bajarilgan. Nafis ishlangan o‘simlik bezaklar nozik havo rang tus bilan qoplangan bo‘lib, pushti-sariq, to‘q qizil asosiy rang bilan juda yaxshi uyg‘unlashadi. Devor va arkning ustki qavati noyob havo rangdagi kapalak nus'ha tugun shaklidagi o‘yma koshinli pishgan g‘isht bilan qoplangan. Kuzatuvchimiz o‘z hikoyasini mozor qurilishi va “kapalak nus'ha” naqshi o‘ziga hosliklari bilan davom ettirdi, lekingumbaz ostidagi kichik oynakdan kesib o‘tuvchi bahoriy quyosh nuri yuzni burishtirish bilan birga madorni quritadi. Romantik afsona haqiqatdan ustun kelib, biz ajoyib yigitlar go‘zal parilarga bo‘lgan muhabbatlari sari aql bovar qilmas mardonavorliklar ko‘rsatgan o‘sha olis zamonlarga qaytamiz. Atrof ajoyib musiqaga burkangan, go‘yo hamma narsa jonlanib, go‘zal Nozlimxon Suluvga qaratilgan sevgi musiqasi qulog‘imizga chalinadi. So‘zlarini tushunmasakda, mangu tuyg‘u atalmish Sevgining bor kuchi va qudratini butun borlig‘imiz bilan his qilamiz.
Matn va surat muallifi: Galina Tyugay, Elmira Aleynikova