«Mangal hovlisi» Anna Axmatova klub-muzeyi

  • 23 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 9366

Yaqin vaqtlardan beri Anna Axmatova muzeyi Rossotrudnichestvo binosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Rus va Interatsional madaniy markazlari sharofati bilan muzey nafaqat saqlab qolindi, balki muntazam ravishda yangidan-yangi ob'yektlar bilan to‘ldirib borilyapti. Bu yerda shoiraning shaxsiy buyumlari, toshkentlik do‘stlariga sovg‘alar, suratlar va avtograflar mavjud. Muzey tashkil qilingandan buyon ko‘pgina konsertlar, tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzey qoshida 4 ta klub faoliyat olib bormoqda. Yildan-yilga muzeyning nufuzi ortib, shoira ijodiga befarq bo‘lmagan san'at ixlosmandlarining doimiy uchrashuv joyiga aylanib bormoqda.


Manba: Мирзо Улуғбек тумани, Тошкент трактор заводи маданият уйи