Langar-Ota

  • 27 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 37512

Langar-Ota yoki Yangi Langar — langarlarning ikkinchisi Qashqardaryo viloyatining Chiroqchi tumanida joylashgan.

“Avliyo”larning oddiy xalqqa mo‘’jizaviy yordami haqida afsona bor. Mazkur afsona “Langar-ota” marosimlar joyi bilan bog‘liq bo‘lib,mashhur shayx Ahmad Yassaviy islom diynini qabul qilishni istamagan qishloq aholisiga to‘r tashlab, uni osmonga otgan.

Langar otaning boshqa shayhi o‘zining hassasi bilan to‘rni tutib olib, ularning dinni qabul qilish haqidagi murojaatini qabul qilgan va ularni dinga yo‘naltirgan. Shundan buyon Langar ota ularning muqaddas qarorgohiga aylangan.

Masjid qurilishiga turli xil qabilala o‘z hissalarini qo‘shganlar. Barmoq” sulolasi qo‘y olib kelgan, “Quduchi” sulolasi esa qurilishlarga yordam bergan. Barmoq sulolasining chorva mollari tugab, birgina echkisi qoladi va shayohdan so‘nggi jonzodni so‘yish uchun ruhsa so‘rashadi. Shunda shayh orqaga qaramasdan, bu echkini uning huzuriga olib kelishlarini aytadi, zero shunda Alloh ularga yordam qo‘lini cho‘zadi. Qabiladan bir kishi echkini sudrab kelayotganda bir qancha qo‘y va echkilar unga ergashib keladi. Kutilmaganda shayton podachining qulog‘iga to‘da orasida bo‘ri yurgani haqida shivirlaydi. Podachi ortga qaraydi va to‘da ham to‘xtaydi. Shunday qilib, u shayh so‘zini bajarmaydi va poda to‘kinchiligini to‘xtatib qo‘yadi.

Hazrati Langar ota ziyoratgohi — bu muqaddas qarorgoh, dafn etish va xotira mujmuasi. U Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, Chiroqchi shahridan shimolga 45 km masofada Zarafshon tog‘ tizmasida Langar qishlog‘ida joylashgan.

Qadimiy an’analarga ko‘ra ziyorat qilish “Qadamjo” izlaridan boshlangan.

Mazkur qurilish bizning davrlarga kelib, “Xudoning qo‘li” nomli toshni yog‘ingarchiliklardan himoyalash maqsadida bir boy inson tomonidan qurilgan.

Bu ma’jizaviy yerni, go‘yo ikkita yog‘och burama zambaraklarda qo‘riqlayotganday. 

Toshga qancha qaramaylik, ishlov berilganlik izlari topilmaydi. Bunday izlar xamirda ham bo‘ladi, lekin toshda uchratish kamdan-kam holdir. Qadim zamonlarda shoh, xon va mansabdorlar otlariga minib, mazkur qadamjoga tashrif buyurishgan va shu yerdan ziyorat joyiga qadar oyoq yalang borishgan.

15 asr oxiri, 16 asr boshlarida Ashtarxoniylar davlati tomonidan ikkita maqbara — Shayh Abul Xasan Ishqiy hamda Langar ota avlodi yotgan yerlarga dengiz sathidan 1000 metr balandlikda qurilgan.

Mazkur maqbaralar kim tomonidan qurilganligi va kim uchun qurilganligi haqida hech qanday yozma manbaalar maqjud emas. Lekin qabr tepasidagi yozuvchlar bu yerga juda ilgari shayhlar ko‘milganligini ko‘rsatadi.

Sovet ittifoq davrida hokimiyat bu yerlarni qayta ta’mirlashga harakat qilishganligi ko‘rinib turibdi.

Suratlar Shayh Langar ota maqbarasini beton yordamida mustahkamlamoqchi bo‘lishgariligini isbotlaydi, maqbara tepasidagi ark quril bitqizilgan. U pishgan g‘ishtdan, standart shaklda bajarilgan bo‘lib, maqbaraning ichki qismi yog‘och tirkagichga mustahkamlangan.

Langar ota qishlog‘ining o‘zida Oq masjid yoki Katta masjid nomi bilan mashhur bino mavjud. Bu — hech qachon ta’mirlanmagan, ilk ko‘rinishi saqlanib qolgan masjiddir. Tashqi ko‘rinishiga ahamiyat berilsa, qurilish tipi yonidagi uychalardan qolishmaydi.

Langar ota maqbarasi oldidagi xijriy 122, melodiy 840 yili qurilgan Oq masjid keyinroq daryo qirg‘og‘iga olib o‘tilgan. Masjid ustuniga “masjid 122 yili qurilgan” deb yozilgan. Rangli naqshlarda shiftiga “Abadiy hayot” ramzi — Amir Temurning g‘alaba belgichi tushirilgan.

500 yil avval san’atda hech qanday andaza bo‘lmaganligiga qaramay, ulug‘vor ustunlarning har biriga noyob suratlar tushirilgan.

Ikkala Langarda ham vaqt shoshmay o‘tadi, u zamonlarda mehnatsevar odamlar oddiy hayot shukuhini surganligini, ularning ota-bobolari yuz, ikki yuz yil avval yashaganligini his qilish mumkin. Odamlar juda uzoq yashagan: yuz yil — dunyoni tark etish uchun o‘rtacha hayot. Bebaho ziyoratgohlari bor mahallik aholi bu yerlarni qadrlaydilar va shu yerda yashayotganliklaridan baxtiyordirlar.

Bili qo‘ygan yaxshi:

Abul Xasan Ishqiy masjidi 840 yili archadan qilingan ustanlardan qurilgan bo‘lib, noyob naqshlari shu kunga qadar saqlanib qolgan. Soyuz ittifoqi davrida bu masjidni buzib tashlamoqchi bo‘lishgan, biroq oqsoqollar pul yig‘ib, binoni davlatdan sotib olishgan.

Keyinroq, ya’ni 50-yillarda madrasaning dars beriluvchi qismi buzib tashlangan. Katta qabr oldida, bir xil balandlikda ikkita ayvon joylashgan bo‘lib, ichida ikkita qorong‘u xonalari — shayh xonalari mavjud. Shundan qishloq nomi — Langar ota  kelib chiqqan. Ayvonlarning biri Mirzo Ulug‘bek davrida boshlangan, qurilish Ashtarxoniylar davriga kelib bitqizilgan.

Sharqiy maqbara 11 X 9,5 m va 25 X 25 sm o‘lchamda gumbaz shaklida tekis g‘ishtlardan ko‘tarilgan. Mazkur ayvon 4 ta qabrdan iborat bo‘lib, ulardan eng kattasiga shayh Abul Xasan Ishqiyning nevarasi Mirimshayh dafn qilingan, degan taxminlar mavjud.

Quyosh botadigan qismida15 X 12,5 m o‘lchamli ikkinchi ayvon bor. Ushbu ayvonda 8 ta maqbara bor, lekin ularning hech biridagi yozuv saqlanib qolmagan. Shunga qaramay, qabr ustidagi toshlardagi yozuvlarni o‘qirkansiz, Abul Xasan Ishqiyning avlodlarining ismlari tushirilganligini ko‘rasiz: shayh Muhammad Boqiy Ishqiy, Salimxo‘ja Niyozmuhammad xo‘ja o‘g‘li. Qishloqdagi chollarda “Abul Xasan Ishqiyning sulolasi” nomli kitob bo‘lib, u 3 qismdan iborat. Kitoblardan biri juda yaxshi holatda saqlanib qolgan. Abul Xasan Ishqiyning sulolasi islom dinining qimmatli o‘choqlaridan hisoblanadi.

Langarlik chollarning gap-so‘ziga ko‘ra qachonlardir Langar ota haqida“Manoqib” nomli shayh tarixiy maqola yozilgan. Langar so‘zi bir necha ma’nolarga ega:

1. Langarcho‘p — muvozanatni saqlashda yordam beruvchi qo‘ldagi tayoq.

2. Islom dinida so‘fi va darveshlar langar tashlash orqali joylashadigan yerlarini aniqlashgan — bu yer o‘tov joyi bo‘lgan; shuningdek, beva va bechoralar joyi ham bo‘lib, boshpana va ovqat ajratilgan.

3. Ba’zi manbaalarda mo‘g‘ulcha nomlarni ham uchratish mumkin: Langar — muqaddas mozor.


Manba: http://visitkashkadarya.uz/ru-ru/ThingsToDo/ThingsToDoView/2026; http://azu.uz/assorty/tour/tour_detail.php?ID=1609; http://ahmadk.narod.ru/langar/toglik/20.html; http://azu.uz/assorty/tour/tour_detail.php?ID=1620

Galereya