Langar — Alloh yaratgan joy

  • 20 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 13502

Mamlakatimiz tarixiy-me’moriy obidalarga boy bo‘lib, ularning ma’lum qismi shahar markazidan va katta karvon yo‘llaridan ancha yiroqdir. Bularga qarab, ularni yaratganlar atayin shaharning shovqin hayotidan uzoqroqqa, eng tinch va kishining ko‘zidan yiroqroq joyga qurdirganlar. Tabiatning o‘zi o‘yga tortadi, qalbni ma’yus, yurakni esa o‘ziga xos xotirjam va g‘amgin muhitga bog‘lab qo‘yadi. Shunday yodgorliklar sirasida haqiqiy albomda tasvirlangan tarix va hozirgi hayot aks etgan bo‘lib, undan azaldan “Langar” nomi bilan mashhur me’moriy-qabriston majmuasi joy olgan. Bu so‘z eski o‘zbek tili hamda forsiydan kelib chiqqan. Biroq u boshqa ma’nolarga ham ega bo‘lib, “Manzilgoh” yoki “Xudoning dargohi” kabi ma’nolarni ham anglatib, alohida atamaga aylanib qolgan. Aynan ushbu ma’nolar to‘xtalib, quyida ularning tarixi beriladi.

Keltirilgan yodgorliklar ikkita — “Katta langar” hamda “Yangi langar” Qashqadaryoning tog‘li hududlarida joylashgan.  Katta langar majmuasi Kuk su soyi ostida, Zarafshon tog‘ining janubiy tizmasidagi daralaridan birida joylashgan. Langarlarning ikkinchisi sharqqa yaqin, Qashqadaryoning Chirchiq tumani joylashgan. Birinchi majmuada biri nechta me’moriy yodgorliklar mavjud. Ulardan eng kattasi va qadiymiysi 28,5x33 metr o‘lchamli masjid bo‘lib, 921 / 1515-16 yillarda pishgan g‘ishtdan barpo qilingan, janubiy qismida ayvoni ham bor. Taxminan shu vaqtlarda avlodlarga tegishli gumbaz bilan qoplangan qabriston ham qurilgan bo‘lib, unga “Ishqiy” qadoshligiga tegishli uch nafar shayh qo‘yilgan. Vaqt o‘tishi bilan bu yerda katta bo‘lmagan qabristonli maqbara (mozor) hosil bo‘lgan, masjid oldiga oshxona va masjidning yangi ayvoni (XVII asr oxiri-XIX asr boshi) qurilgan, eski binolar ta’mirlangan. Qabrtoshidagi yozuvlarga ko‘ra, maqbaraga XVI—XVIII asrlarda yashagan turklar nasliga tegishli juda mashhur harbiy kishilar ko‘milgan. Ularning qabrtoshidagi yozuvlarda (arab, eski o‘zbek va tojik-forsiy tillarida) mayitlarning qabilalari nomi, kelib chiqish zoti: Kinigas, Naymam, Bilkut, Mang‘it, Kiyatidr keltirilgan.

Majmua yodgorliklaridagi yozuvlar bu yerga tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortadi, zero, xonaqoh, masjid va maqbara devorlariga solingan o‘yma naqshlar a’lo darajada bajarilgan. Ular, asosan, jigar rangda (2:183, 256, 257 va boshqalar). Shuningdek, masjidda Buxoro hokimi Muzaffar xoni (1865-1885) buyrug‘i bilan qilingan juda antiq sandiq ham bo‘lib, unga bu sandiq nima uchun atalganligi to‘g‘risidagi yozuv o‘yilgan, ya’ni Payg‘ambarning xirqasi (eski kiyimlari) saqlanadi. Aslida, bu xirqa diniy meros timsoli bo‘lib, qachonlardir uni Payg‘ambar o‘zining sahobasiga qoldirgan. Rivoyatlarga ko‘ra bir nechta nasldan o‘tib, bu xirqa bizning davrimizgacha yetib kelgan Langarni barpo etgan “Ishqiy” so‘fi qardoshlarining asoschisigacha yetib kelgan. Mahalliy afsonalarga ko‘ra Usmonning mashhur muqaddas Qur’on kitobi ham saqlangan. Hozirgi kungacha bu Qur’onning O‘zbekistonning Diniy qo‘mitasida saqlanib kelayotgan 12 sahifasigini yetib kelgan. Taqdir taqazosi bilan Katta langar Qur’onining ma’lum qismi Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo‘linmasida saqlanayotganligi, bir sahifasi O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda, qolgan sahifalari esa yo‘qolganligi ma’lum. Katta langarda bu uzoq vaqt davomida saqlanib kelgan xirqa ham yo‘qolgan.

Ikki mozorga ham O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan ziyoratchilar tashrif buyurishadi. Bu yerda azaldan qadimiy milliy bayramlar o‘tkazib kelingan.

Yodgorlikning tashqi ko‘rinishi atrofni o‘rab turgan tabiat bilan sha qadar mujassamki, go‘yo binolar o‘z ko‘rinishini mavsum o‘zgarishi bilan o‘zgartiradiganday. Ayniqsa, Katta Langarning bahor faslidagi ko‘rinishini tasvirlashga til ojiz. Tog‘ yon bag‘ridagi yam-yashil gilam, qip-qizil gullagan lolalar poyondozi, cheksiz ko‘k osmon, jiydaning nafis va mast qiluvchi ifori, go‘yo bu tabiat masjid va maqbara chiroyga chiroy qo‘shayoganday. Bunday tabiat bahor faslida Katta Langargar o‘zgacha ko‘rinish bag‘ishlaydi. Bu tasvir qarab yodgorlik joyi juda to‘g‘ri tanlanganligiga ishonch hosil qiladi kishi. Shubhasiz, o‘rganib chiqilgan yodgorliklarning tarixi, ularda qoldirilgan o‘yma yozuvlar Katta Langarning kelib chiqishi bu yerga ko‘milgan “Ishqiy” qardoshligi shayhining g‘ayritabiiy-faylasufona tarixi bilan bog‘liqligini isbotlaydi.

 

 


Manba: http://mytashkent.uz/2010/11/16/langar-albom-chast-3-obitel-boga-na-zemle/

Galereya