Mavlon-buva maqbarasi

  • Ob'yekt yaratilgan sana: 1806
  • Hudud: Namangan viloyati
  • Kategoriya: Yodgorliklar
  • 15 Iyun, 2017
  •   0
  • 0
  • 11648

Maqbara 1806 yil qurilgan. Binoga kirishda sizni nayzasimon ark va yuqori tahmonlarga ega ulug‘vor peshtoq kutib oladi. Binoning yonlariga yoritgichsiz va gumbazsiz, lekin konussimon uchzina shakliga ega naqshinkor chig‘irli ustunlar qad rostlab turadi. Peshtoq ortida maydoni 7x7 metrlik ziyoratxona barpo qilingan. Katta va chuqur bo‘lmagan nayzasimon va to‘g‘ri burchakli taxmonlar tantanali kirish qismiga vazminlik baxsh etadi. Peshtoqning tepa qismiga panjaralangan naqshinkor arkada qurilgan. Qolgan qismilariga silliqlangan g‘isht terilgan.

Ichki xonalar intereriga ganch bilan ishlov berilib, moy bo‘yoq bilan bo‘yalgan. Devorlardan biri suratli yassi mehrob ko‘rinishida. Yo‘laklarda gul solingan guldonlar va geometrik naqshlar tasvirlangan. Epigrafik naqsh ham boy, bu yerga shoirlarning she’rlari arab kalligrafiyasida yozilgan. Axir, Mavlon buva Namanganning mashhur shoiri bo‘lib, bu satrlar shoirning do‘stlari tomonidan unga atalib yozilgan go‘zal namunalaridir.

Geometrik naqshli ship kirish qismining ro‘parasida joylashgan, u o‘yma ganch uslubida bajarilib, rang ham berilgan. Shipning ustki qavati yulduzlardan terilgan ingichka bo‘rtma naqsh bilan qoplangan. Naqsh katakchalari mayin ranglarda bo‘yalib, o‘yma naqshlar bilan to‘ldirilgan. Ship markazida qizil fon ustiga chizilgan yirik yulduz va bo‘rtma taqsimchani ko‘rish mumkin, unda rangdor o‘zak oltin nurlar bilan hoshiyalangan. Ship mavzusi yangi talqin va ranglarning asl sifatida namoyish qilingan. 

 


Manba: Ризо Ахмад