Katta Guldusun qala

  • 28 May, 2015
  •   1
  • 0
  • 14908

Bu qal’a miloddan avvalgi IV-III asrlarda barpo yetilgan. Guldursun Qoraqalpog‘istonning Beruniy shahridan sharq tomon 20 km va To‘rtko‘l shahridan shimoliy-sharq tomon 26 km masofada joylashgan. Guldursun qadimiy, bo‘shtliq qal’a o‘rniga qurilgan Xorazmning katta qal’a-chegaralaridan biridir. Bu qal’a noto‘g‘ri to‘rtburchak shaklda bo‘lib, hajmi 350x230m o‘lchamda, burchaklari yorug‘lik tomon yo‘naltirilgan. Tashqi devorlari katta o‘lchamdagi g‘ishtlari bilan hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Arxeologik topilmalar vaqtida bir qator o‘rta asr va qadimiy davr koshinlari, bronza asboblar va taqinchoqlar, antikvar va o‘rta asrlarga tegishli tangalar topilgan. Topilmalarga muvofiq, so‘nggi yashash manzilgohining sanasi 1220 yil etib belgilangan, ya’ni Muhammad Xorazmshox hukmronligi hamda qadim Xorazmga Mo‘g‘ullarning bosqinchilik qilgan davrlariga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, bu qal’a bilan eng dahshatli afsonalardan biri bilan bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra, qachonlardir Guldursinning nomi Guliston, ya’ni chamanzor, deya nomlangan. Bu juda chiroyli shahar bo‘lib, uni go‘zallikda tengi yo‘q qizi bor qari podishoh boshqargan. Lekin kutilmaganda musibat kelib, dashtdan qalmiqlar to‘dasi bostirib kelib, o‘z yo‘lidagi barcha narsani vayron qilishgan. Qalmiqlar shaharni qamal qilishgan. Aholi mardonavor jang qilishgan, lekin dushman taraf shaharni qurshab olishda davom etgan. Oradan kunlar, oylar o‘tib, zahiradagi barcha mahsulotlar tamom bo‘lgan va ochlik davri boshlangan. Shunda podishoh kengash yig‘gan, shunda vazirlardan biri makkarona rejani taklif qilgan. Xalq saroyga bittagina buqani olib kirib, uni qolgan don bilan bo‘kkuncha boqishadi va shahar devoridan tashqariga olib chiqib qo‘yishadi. O‘z vaqtida ochlik hukm surganidan aziyat chekayotgan qalmiqlar buqani tutib, uni so‘yishadi va oshqozoni sara bug‘doy bilan to‘laligini ko‘rib, qamalni to‘xtatishadi: axir, qamaldagilar buqani sara don bilan boqayotgan bo‘lsa, o‘zlari hech narsaga muhtoj emaslar. Demak, shaharni zabt etib bo‘lmaydi. Shunda vaziyat qamaldagilar tomon quvonchli tus oladi, lekin qalmiqlar hukmdorini yashirincha sevib qolgan munofiq Guldursun unga xat yo‘llab, vaziyatni boricha ma’lum qiladi va tez orada qal’a taslim bo‘lishiga so‘z beradi. Qalmiqlar qolishadi, shahar taslim bo‘ladi, dushmanlar tomonidan yoqilib, talon-taroj qilinadi. Barchasi tugagach, xoyinni qalmiqlar shohi huzuriga keltirishdi. Hukmdor esa sohibjamolga qarab, “Agar u ehtirosga berilib, dushmanlarga o‘z otasi va o‘z xalqini sotgan bo‘lsa, boshqasi yuragiga yo‘l topgan vaqt meni nimalar kutadi? Uni ayg‘ir otlarning dumiga bog‘lang, toki, u boshqa hech kimga xiyonat qila olmasin” degan.

Xoinkor go‘zal dahshatli o‘limga mahkum bo‘ldi, lekin shundan e’tiboran, bu yer uning sharafiga Guldursun, deya nomlanadi.


Manba: http://www.asia-travel.uz/uzbekistan/cities/karakalpakstan/big-guldursun/