KANBEShBULOQ KO‘LI

  • 12 Oktyabr, 2015
  •   0
  • 0
  • 11145

Eniga 800 metrlik Kanbeshbuloq ko‘li Surxandaryoning janubida, Xamqan tog‘ida joylashgan bo‘lib, barcha taraflama tabiatning noyob yodgorligi hisoblansada, shu vaqtgacha to‘liq o‘rganib chiqilmagan. Olimlarning fikriga ko‘ra, mazkur ko‘l tabiiy ham, suni’ ham emas, balki meteorit tushishi natijasida hosil bo‘lganligi va krater meteorit hisoblanishi, uning noyobligidir.

Yagona trayektoriyaga juda ko‘plab meteoritlarning ko‘lning shimoliy qismidan janubiga olib boruvchi yo‘li tomon tushishi kuzatiladi. Qoratub tog‘ining Taxtaqoracha dovonidagi yeri va daryo qumi tektitlarga (kosmik yoki yer moddasining yerga urilishi natijasida yuqori harorat ostida hosil bo‘luvchi mayda shishasimon modda) serob. Qashqadaryo havzasining sharqiy qismi atrofidagi tog‘larda kaft bilan teng keladigan yirik g‘ovakli shishasimon meteorit qoldiqlarini uchratish mumkin. Bu va boshqa kosmik kelib chiqishiga ega toshlar ko‘proq besh metrli diametrli alohida maydonlarda sochilgan bo‘ladi.

Qoldiqlar tushishishi ketma-ketligini, ularning yotgan maydoni o‘lchamini tahlil qilib, olimlar “o‘zidan bunday izlar qoldirgan yirik meteoritli tana Xamkan tog‘iga tushib, o‘zidan krater hosil qilgan va natijada izi suv bilan to‘lib, Kanbeshbuloq nomini olgan”, degan hulosaga kelishgan. Ko‘ldagi meteoritli hosil bo‘lishlar, shuningdek, portlashdan keyingi holat kabi qizg‘ish, qiya taxlangan bo‘linmalarni ko‘rsatadi. Ko‘l maydonida olib borilgan tahlil ishlari esa maydonning tabiiy usul natijasida hosil bo‘lganligini, suv bosimi yoki tektonik o‘zgarishlarning bunga aloqasi yo‘qligini ko‘rsatadi.


Manba: http://www.meteoritics.ru