“Meros” fabrikasi va Samarqandning qog‘ozi

  • 17 May, 2017
  •   0
  • 0
  • 26104

Samarqandning qog‘ozi — “Meros” qog‘oz fabrikasida qo‘l hunarmandchiligi

Bugun Samarqand ostidagi Konigil qishlog‘ida “Meros” qog‘oz fabrikasi faoliyat ko‘rsatadi. Fabrika asoschilari dong‘i ketgan aka-uka hunarmand Muxtorovlardir. Ularning mehnati tufayli mahalliy fabrikada qadimiy an’ana, ya’ni qadimiy samarqandcha texnologiyalar asosia qog‘oz ishlab chiqarilishi vujudga kelgan. Shunisi qiziqki, ishlab chiqarish butunlay qo‘lda bajarilib, fabrikada tashrif buyuruvchi har bir mehmon ushbu jarayonni kuzata oladi. Fabrikaga  kirish va ekskursiya qilish narxi 3 000 sum. Bu joy juda xushmanzara: sayyohlar soya-salqin daraxtlar, Siyob daryosi oqib o‘tuvchi kirish qismidagi kichik choyxonada o‘tirib, qadimiy sopol idishlar bilan bezalgan charxpalakni kuzatib, mazali samarqandcha osh hamda mevalardan bahramand bo‘lishlari mumkin. Fabrika egalarining aytishicha, samarqandcha qog‘oz ishlab chiqarilish texnologiyasini tiklash uchun 10 yil vaqt ketgan ekan. Ko‘plab materiallar to‘g‘rilangan bo‘lsa-da, mohirona o‘rnatilmagan, qog‘oz ishlab chiqarilishida tut po‘sti asos vazifasini o‘taydi.

Бумажная фабрика Мерос
Бумажная фабрика Мерос
Бумажная фабрика Мерос

Samarqandcha qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyasi keyingi usulda amalga oshiriladi. Xom-ashyo o‘rnida tut po‘stlog‘i olinadi. Po‘stloqning tashqi tarafi tozalanadi va uzoq vaqt davomida katta bochkada qaynatiladi. So‘ngra katta hovonchada bir me’yorga - xamirsimon holatga kelgunga qadar uriladi. Keyin hosil bo‘lgan “xamir” suv to‘ldirilgan yog‘oq bochkaga solinadi, aralashtiriladi va maxsus sito yordamida suzib olinadi. Suzib olingan aralashma flazelin taxtachalarga bostiriladi. Tayyor bo‘lgan qog‘ozlar taxtachalardan astagina yechilib, vertikal holatda bir kun davomida quritiladi. Quritilgan qog‘oz juda qattiq bo‘ladi. Qog‘ozdagi g‘idir-budurlikni olib tashlash uchun ustalar uni marmar stolda marmar bo‘lagi yoki suyak shox yordamida ishlov beradilar. Natijada samarqandcha qog‘oz silliqlanadi.

Aytish joizki, samarqandcha qog‘oz sarg‘ish tusga ega. Zero, ataylab kimyoviy tozalashlar yordamida oqatirilmaydi. Shu sababli boshqa, oq qog‘ozlardan farqli ravishda bu qog‘oz o‘nlab marotaba uzoqroq muddat saqlanadi. Masalan, yaxshi sifatli oq qog‘oz 40-50 yil saqlansa, samarqand qog‘ozi 300-400 yilgacha saqlanadi. Shu yerning o‘zida, samarqandcha qog‘oz fabrikasida taklifnomalar, qaydnomalar, niqoblar bilan bir qatorda, qo‘g‘irchoqlar ko‘ylaklar va sumkachalar ham tikiladi. Bu barcha esdalik buyumlarini fabrika huzuridagi do‘konchadan xarid qilish mumkin. Bugun Konigil fabrikasida O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlaridagi singari, qadimiy qo‘lyozmalarning tiklanishi ham keng yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, tiklash jarayoni tufayli, o‘zbek rassomlari qadimiy miniatyuralarni aniq tiklab bera oladilar. Samarqandcha qog‘oz sekin-astalik bilan nafaqat O‘zbekiston, balki chet elda ham avvalgi o‘z shuhratini tiklab olmoqda.

Бумажная фабрика Мерос
Бумажная фабрика Мерос
Бумажная фабрика Мерос
Бумажная фабрика Мерос
Бумажная фабрика Мерос
Бумажная фабрика Мерос

Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/samarkand/meros-konigil.htm