Astronomiya muzeyi ulug‘ bobomiz Mirzo Ulug‘bek tavalludining 615 yilligi munosabati bilan ochilgan. Muzeyda astronomiya fanining rivojlanish bosqichlari hamda Movarounnahr va Yevropa olimlarining ilmiy tadqiqotlarini o‘zida namoyon etgan boy ekspozitsiyalar, jumladan, turli asbob-uskunalar, teleskoplar, hujjatlar va buyumlar jamlangan. Muzeydan alohida joy olgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining asosiy uskunasi – devoriy kvadrantning maketi alloma davridagi astronomik kuzatuvlar haqida to‘liq ma'lumot beradi. Noyob ekspozitsiyalarga boy bu muzey astronomiya olamiga sayohat qilish imkonini berish birga fan taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shadi.