Valentina Romanenko ijod uyi va atelesi

  • 17 May, 2017
  •   0
  • 0
  • 10690

Valentina Romanenkoning ijod ustaxonasi — shoyi, naqsh solish va kashtachilik bo‘yicha samarqandlik ustalarning eng muhim nuqtasidir.

Bu yerda avloddan-avlodga o‘zbek ustalaridan o‘tib kelayotgan qadimiy texnologiyalar bo‘yicha tikilgan ro‘mollar, ko‘ylaklar, sumka va boshqa tikilgan ishlarni, maskaral kostyumlarida folklor tamoshani ko‘rish bilan birga, o‘zingizga yoqqan istalgan libosni xarid qilishingiz mumkin.

Bu yerda tikilgan liboslar yorqin ranglar uyg‘unligi va milliy uslubdagi noyob dizayni bilan ajralib turadi.

Valentina Romanenko atelesidagi chevarlar uyda va ishxonada kiyish mo‘ljallangan, shuningdek, bayramona hamda yuqori modaga xos liboslar jamlanmasini yaratishadi.

Shu bilan birga, an’anaviy milliy naqshlar kiyim va ro‘mollarga batik yordamida zamonaviy moda mayllarini inobatga olgan holda tikiladi. Turli xil aksessuarlar ham boy sharqona naqshlar bilan bezatiladi. Ishlaa shoyi, paxta kabi faqat tabiiy matolardan qo‘lda tikiladi va organik bo‘yoqlardan foydalaniladi.

Ijod uyida alohida xonasi bo‘lib, unda kostyumlar va jamlanmalarning tamosha ko‘rinishlari namoyishlari bo‘lib o‘tadi. 

Bu yerga tashrif buyuruvchilar Valentina Romanenko ustaxonasi ko‘ylaklarining yaratilish jarayonini ko‘rish uchun ustaxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilinadi.

 


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/samarkand/aiesha-art-workshop.htm