“Chorsu” ijod galereyasi

  • 17 May, 2017
  •   0
  • 0
  • 10655

Registon maydonidan uzoq bo‘lmagan yerda, Sherdor madrasasi orqasida katta bo‘lmagan oltiyoqli bino joylashgan bo‘lib, tarixiy kelib chiqishi olti yuz yildan ortiq belgilanadi. XV asrda qurilgan bu inshoot savdo markazi o‘rnida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, turli xil bosh kiyimlari sotilgan. 4 yo‘l kesishuvida joylashgan bu bino “Chorsu” nomini olgan bo‘lib, fors tilidan “chor” to‘rt, “su” oqim, yo‘l ma’nolarini anglatgan. Imorat qurilganidan buyon bir necha marotaba ta’mirlangan, so‘nggi ta’mir jarayonidan so‘ng esa bino asosini berkitib turgan uch metrlik qatlami olib tashlangan. 2005 yil “Chorsu” Savdo markazi binosi O‘zbekiston Babiiy akademiyasiga topshirilgan va tez orada bu yerda badiiy galereya ochilgan.

Bugun “Chorsu” ijod galereyasida O‘zbekistonning eng yaxshi rassomlarining ishlari namoyish etilib, ularning asosiy qismi samarqandlik ijodkorlarga tegishlidir. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan yosh ijodkorlar ko‘ragazmalari, ustalarning yangi ishlari taqdimotlari va boshqalar ham tashkil etilib turiladi. Suratlar bilan bir qatorda, bu yerda haykallar, naqshdor idishlar va o‘zbek ustalarining boshqa ishlarini uchratish mumkin.

Samarqand bo‘ylab sayyohat qilarkansiz, mazkur galereyaga tashrif buyurish uchun vaqt ajratish maqsadga muvofiq. Zero, u shaharning asosiy sayyohlik markaziga juda qulay joylashgan. Bu yerda tasviriy san’at orqali Vataniga muhabbatni aks ettirish barobarida, bo‘yoqlar orqali rang-barangligini tasvirlay olgan O‘zbekistonning eng yaxshi ustalarining ishlari bilan tanishish mumkin.


Manba: http://www.advantour.com/rus/uzbekistan/samarkand/chorsu-art-gallery.htm