Arashan ko‘llari

  • 12 Oktyabr, 2015
  •   0
  • 0
  • 39274

Arashan ko‘llar tizimiga 4 ta ko‘l kiradi: Arashan, Xo‘ja Arashan, Katta va Kichik arashanlar. Ularning barchasi daryo tipidagi yuqori tog‘li ko‘llar bo‘lib, 2774 metrdan 3365 metr balandlikkacha joylashgan. Katta ko‘l sathi uzunligi 750 metrni va kengligi 250 metrni tashkil qiladi. Ko‘llar oldida termal chashma mavjud bo‘lib, suvi yil bo‘yi 36.7 gradus haroratni saqlaydi.

Ko‘llargacha bo‘lgan yo‘l uzoq. Yo‘lning boshlang‘ich bo‘lagi Qamchiq dovoniga olib boruvchi trassa orqali yotgan. Yo‘lda uchraydigan birinchi postda pasport va shaxsiy buyumlar tekshiriladi, yo‘l bo‘ylab ketaverilsa, muammosiz Ertoshga olib boradi. Yo‘lda Tanga Topildi (qadimiy tangalar topilgan joy) va Serka Kirildi kabi ajoyib nomli qishloqlar uchraydi. Ertosh burulishidan ozgina o‘tib, o‘ng tarafga burilish keladi — bu chegara posti. Undan muvaffaqqiyatli o‘tgach, manzilda davom etish mumkin. Keskin ko‘tarilishlar va aylanma yo‘llar baland tog‘ platolari bilan almashinadi va Toshkent viloyati manzarasi landshafti bo‘linmasidan baland tog‘li Qirg‘izistonga o‘tib ketadi. Keng tog‘ davonlaridagi o‘tovlar burchak bukilishga qaramay, uzunligi 2500 metrni tashkil qiladi. Yo‘lak astalik bilan Angren platosi darasi ichkarisiga tusha, keskinlik bilan tog‘ga o‘tib ketadi va uzunligi 2900 metrlik “radon chashmasi” ziyoratgohiga olib chiqadi. Chashma oltingugurt-vodorodli bo‘lib, mavsumdan qat’iy nazar, doimiy 36,70S haroratga ega.

Rivoyatlarning biriga ko‘ra, ushbu hovuz o‘tmishdagi hukmronlardan birining buyrug‘i bilan qurdirilgan va bu hovuzga davolanish uchun tez-tez kelib turishgan. Chashmadan ozgina ko‘tarilgach, tog‘ echkisi shohi bilan bezatilgan yirik qabrtoshi — so‘fiy qadamjosini uchratasiz. Rivoyatlarga ko‘ra aynan shu joy muqaddas Arashan buvining qabridir.

Ozgina pastroqqa tushgach, Arashan ko‘li tizimining eng kichigini — Xo‘ja Arashanni ko‘rasiz. Bu ko‘l issiq mavsum boshlanishi bilan quriy boshlaydi.

Xo‘ja Arashan ko‘li. Balandligi 2796 metr.

Undan chapga yurib, siz Kabbi Arashan ko‘liga o‘tasiz. Uning maydoni 750x250 m.

Ko‘lning ro‘parasida katta uyum bor. U ulkan sel yoki qor ko‘chishi natijasida hosil bo‘lgan. Bu uyumni amallab kechib o‘tib, toshli o‘zandan ko‘tarilsangiz,  chap tarafdagi chuqur ko‘l oldidan chiqasiz. Bu — Kichik Arashan ko‘li bo‘lib, go‘yo uning yaratilishida insonnnig qo‘li borday, to‘g‘ri shaklga ega va barcha tomonlari uyumlar bilan o‘ralgan.

Uyumdan pastroqqa, serhosil, ko‘m-ko‘k vodiy tomon tusharkansiz, daraning chap tarafida ilgariroq paydo bo‘lgan Yuqori Arashan ko‘li joylashgan.

Yuqori Arashan ko‘li. Balandligi 2795 metr.

Yaqindan ko‘rinishi

Vodiy ostida 3300 metr balandlikda, shimoliy qismida ikkita muzli ko‘l joylashgan.


Manba: http://mr-shor.livejournal.com/91870.html