Aqshaxan-Qal`a (Qazaqli Yatqan)

  • 12 Oktyabr, 2015
  •   0
  • 0
  • 16235

Mustahkam devorlar bilan wralgan qala shaharning bir qismi bwlgan. Mazkur inshoot qadimiy shaharning bir qismi bwlgan, bu joy avvaldan maqbara deb topilgan va u yerga mustaqil Xorazmning birinchi shohlari kwmilggan degan tahminlar mavjud. “Muqaddas shahar”ning shimoliy-janubiy qismi qurilish ishlari bilan band bwlgan bwlib, wolib borilgan qazilma ishlari natijalaridan bu joy ibodatxona-saroy bwlganligidan dalolat beradi. Majmuaning ibodatxona bwlimi twrtburchak shaklida bwlib, burchaklarida yarim aylana minoralar bwlgan, inshootning ikki tomonida minoralar qad rostlagan. Ibodatxona devorlari ikki qavat qurilgan bwlib, ichki ayvoni ham bwlgan.

Akshaxan-Kala shaharchasining ibodatxonasi er. avv. III-II asrlarga tegishli. Topilgan portretlarning bir qismida wolimlarning fikriga kwra dastlabki nomalum sulolalarga tegishli xorazmlik shohlarning tasvirlari tushirilgan. Shuningdek, mutaxassislarning taxminiga kwra shaharcha qadimiy Xorazm davlatining ilk poytaxtlaridan biri bwlgan, ibodatxona esa qadimiy Xorazm sulolasi shohlarining ibodatxonasi bwlgan.

Wzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog’iston bwlinmasining gumanitar fanlar Instituti direktori, tarix fanlari nomzodi Makset Karliboev malum qilishicha:

Qadimiy Xorazmning ilk poytaxti Kazakli’-Yatkan (Akshaxan-kala) bwlganligi ehtimoli yuqori. Bu joy qadimiy el tuproqlari wostida qoraqalpoq-avstriya arxeologlari tomonidan wtkazilgan ekspediciya vaqti topilgan.

www.sanat2013.orexca.com saytida malum qilingan.

Ekspediciyaning asosiy tekshiruv wobekti 1956 yil topilgan shaharcha bwlgan va ilm tadqiqotga Kazakli’-yatkan nomi bilan kirib kelgan. Mahalliy aholi worasida yodgorlikning yanada qadimiyroq nomi — Akshaxan-kala saqlanib qolgan. Uning qazilma ishlari 1995 yil boshlangan va hozirgi kunga qadar davom etib keladi. Qazilma ishlaridan bu maydon qadimiy Xorazmda mavjud bwlgan shaharlardan eng yirigi bwlib, aynan shu yerda Xorazm wlkasi Axamoniylar imperiyasi tarkibidan chiqqach barpo etilgan poytaxti bwlgan, degan xulosa mavjud.

Solnoma afsonasi chizgisi. Kalaligir. Er. avv. IV-II asrlar. 2004 yildan ekspediciyaning asosiy diqqati “muqaddas shahar” bwlmish Kazakli’-yatkananing ibodatxona-saroy majmuasiga qaratilgan. Mustahkam devorlar bilan wralgan mazkur inshoot qadimiy shaharning bir qismi bwlgan, bu joy avvaldan maqbara deb topilgan va u yerga mustaqil Xorazmning birinchi shohlari kwmilggan degan tahminlar bor.

Ibodatxonada qadimiy tasviriy sanat belgilari 2004 – 2005 yy. topilgan. Keyinroq, yodgorlik tiklovchi mutaxassislari ekspediciya tarkibidan joy wolgach, kengroq tozalash, chirmash hamda qadimiy sanat yodgorliklarini ilmiy wrganish ishlariga ywl wochildi.

Qadimiy Xorazm shohlari rasmlari galereyasi (ar. avv. III-II aa.). Kuzgi ekspediciya vaqti —  Kazakli’-yatkan (Akshaxan-kala) qadimiy shahri. Xorazm wlkasi Axamoniylar imperiyasi tarkibidan chiqqach, poytaxt taxminan shu yerga barpo etilgan. Shaharning ichki qismida mustahkam devorlar bilan wralgan “muqaddas shahar” joylashgan bwlib, markazida maqbara deb topilgan antiqa bino mavjud va bu yerga Xorazm shohlarining mayitlari qwyilgan, degan taxminlar bor. “Muqaddas shahar”ning shimoliy-janubiy qismi ibodatxona-saroy majmuasi bilan band, bu yerdan devoriy chizmalar topilgan. U shoh sulolasining suratlar galereyasi bwlib, tahminlarga kwra ularda shoh va shohning woila azolari tasvirlari tushirilgan.

Kapitel. Tosh. Sultanuizdag. Eramizning IV asri. Chizgilar ibodatxonaning ichki qismidan topilganligi kabi, majmuaning saroy qismi devorlaridan ham topilgan. Ibodatxonaning ichki qismidan, shuningdek, loydan yasalgan haykal hamda loy va alebastr aralashmasidan yasalgan serhasham memoriy bezak topilgan. Barcha topilmalar shuni isbotlaydiki, Kazakli’-yatkana qadimiy yer wosti xarobalarida noyob badiiy qimmatbaho buyumlar bwlgan. Ularning tekshiruvi endi boshlangan. Yer wostidan bu kabi boyliklarni topish, wrganish va saqlash uchun woz-muncha kuch talab qilinmaydi va bu ishlar bir avlod arxeolog, wolim, sanatshunos, tarixchilari say-harakatlari bilan chegaralanib qolmaydi. Topilmalarni saqlash uchun, shuningdek, yuqori malakali sanat yodgorliklarini tiklovchi mutaxassis talab qilinadi.

Hozirgi vaqtgacha ibodatxonaning janubiy qismidagi uzunligi 60 metrlik ayvon aniqlangan. Ayvonning umumiy uzunligi 250 metrga yaqin va bu — unda qanchadan-qancha wochilmalar yashiriniligining dalolatidir. Ayvonning janubiy qismida chizmalar devorlarda saqlanib qolgan bwlib, ularda ywlovchilar suratlari tushirilgan. Bu ywlovchilar wot ustidagi chavandozlar, degan tahminlar mavjud.

Biroq eng katta etiborni janubiy ayvonning shimoliy qismidagi tasvirlar tortadi.

Umumiy 45 ta tasvir namunalari aniqlangan bwlib, ularda bir yoki bir necha qahramon tasviri tushirilgan. Saqlanib qolgan 36 ta tasvir namunalari shaxslarning portretlaridir. Keltirilgan barcha malumotlar hozirgi vaqtga tegishli, zero topilmalar twplami Wzbekiston fanlar akademiyasi Qoraqalpog’iston bwlinmasining tarix, arxeologiya va etnografiya Instituti laboratoriyasi restavraciya bwlimidadir. Barcha malumotlar tahlilidan ichki devor janubiy ayvonining shimoliy qismidagi butun sathi ikki qavat yaxlit qatorli twg’ri burchak shaklidagi xonachalar kwrinishida bwlganligi malum bwlgan. Har bir xonada shaxsiy portretlar topilgan. Ularning har biri bir xil uslubda chizilgan: tasvirlar wold tana qismigacha, boshi yonga, asosan, chapga qaragan. Biroq boshi wng tomonga qaragan suratlar ham juda kwp uchraydi. Bu kabi uslabni er. avv., I asrga tegishli Parsa shohini tangaga tushirilgan tasvirida, eramizning I asri indo-parfyan hukmdorlari hamda Kushon, Sosoniy va Eftanlilar tangalarida ham uchatish mumkin.

Galereyaning barcha qahramonlari soqolsiz va mwylovsiz, qora qalin sochlari silliq qilib worqaga taralgancha bwynini berkitib turadi, lekin quloqlari wochiq va qizil rangga bwyalgan — bu juda noananaviy, shu bilan birga beqiyos bwlakdir. Xorazm sanatida soqolsiz hukmdorlar istisno emas. Bu kabi soqolsiz hukmdorlarning portretlari bazi xorazm tangalarida ham uchraydi, xususan, ulardan eng ilklaridan biri “kuloxdagi ismsiz hukmdor” tangasidir.

 


Manba: http://sanat2013.orexca.com/