Abul Qosim shayx madrasasi

  • 17 Aprel, 2015
  •   0
  • 0
  • 12677

Toshkentning Beshyog‘och dahasida joylashgan Shayx Abulqosim eshon qurdirgan madrasa ham XIX asrga oid. Abulqosimxon eshon 1892 yil Toshkentda tarqalgan vabo tufayli vafot etgach, madrasada uning o‘g‘li Hoshimxon eshon mudarrislik qiladi. Abdulla Qodiriy, G‘ulom Zafariy, Munavvar qori Abdurashidxonov shu madrasada ta'lim olishgan. Mustaqillik yillarida madrasa qayta ta'mirlandi.

Shuningdek, XIX asrning 30 yillarida Muhammad Alixon buyrug‘i bilan bunyod etilgan Azimota madrasasi ham Chorsu yaqinida bo‘lgan. Taxtapul guzarida Yunusxo‘ja xalfa madrasasi, Qo‘shtut guzarida Hofiz Ko‘hakiy madrasasi, Sebzor dahasida Muhammad Karimxo‘ja madrasasi qurilgan. Hofiz Ko‘hakiy yaqinidagi yana bir madrasa yog‘ochdan qurilgani uchun “Madrasai cho‘bin” deb atalgan. Uning asoschilaridan Nor oxund Mallaxon zamonida vafot etgach, madrasa faoliyati to‘xtab qoladi.


Manba: http://welcometouzbekistan.com/ru/medrese-abul-kasyma-v-tashkente.html