Abdurasulboy madrasasi

  • 27 Iyul, 2015
  •   0
  • 0
  • 8834

Abdurasulboy madrasasi - Xivadagi me’moriy yodgorlik (1906). Madrasa (30x65 m) ikki hovlili. G‘arbiy hovli (6,9x3,6 m)ning ikki burchagida ikkitadan chorsi xona, jan.da gumbaz tomli mayejid, shimolda balxi gumbazli, ikki eshikli xona bor. Bu hovliga ikki tomoni darchali daxliz orqali kiriladi. Sharqiy hovli (7,1x5,5 m) ham hujralar bilan o‘ralgan. Dahliz tepasidagi kichik xonalar, talabalar yashaydigan va bjshqa hujralar balxi gumbazlar bilan yopilgan. Devorlari silliqlangan g‘ishtdan. Peshtoqi va dandanasiga yashil koshindan bezaklar ishlangan.


Manba: https://uz.wikipedia.org/wiki/Abdurasulboy_madrasasi