​​Mir Said Bahrom maqbarasi

  • 11 May, 2015
  •   0
  • 0
  • 27886

Mir Said Bahrom maqbarasi Karmana shahrining markazida, Qosim Shayx maqbarasi yonida joylashgan. U shu tarixiy kompleks maqbara va uncha katta bo’lmagan masjidni o’z ichiga oladi. Maqbara 1200-yilda qurilgan. Maqbara 1976- yilda oxirgi marta qayta qurilgan. Tarixchilarning ta’kidlashicha Mir Said Bahrom haqida juda kam ma’lumotlar saqlangan ekan. U Somoniylar sulolasining ekanligi haqida aniq faktlar mavjud.

874-yilda Buhoroda qo’zg’alon boshlanadi va butun Movarounnahr bo’ylab tarqaladi va tabiiyki bu qo’zg’alon Karmanaga ham yetib boradi. Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning «Samariya» asarida Mir Said Bahrom haqida bir nechta ma’lumotlar aytib o’tilgan. U o’zining aqli, bilimi va mo’jiza yarata olish qobiliyati bilan xalq orasida hurmatga sazovor bo’ladi.

Mir Said Bahrom maqbarasi noyob qurilmadir. Ushbu maqbara O’zbekiston hududidagi eng kichik maqbara hisoblanadi. Ko’pchilik bu maqbaraning ayrim qismlarini Buhoro shahrida joylashgan Somoniylar maqbarasiga o’xshatishadi. Maqbara binosi kvadrat shaklidadir va u uncha katta bo’lmagan gumbazdan tashkil topgan. Kirish qismida juda chiroyli arka mavjud bo’lib unda ko’fiy xat turidagi yozuv yozilgan. Butun devor geometrik qoplamadan iborat. Binoning ichki qismida marmar toshli qabr toshi mavjud. Qabr ustiga esa qimmatbaho gazlama to’shalgan. Binoning ichki devorlari gumbazni ko’tarib turuvchi sakkiz qirrali arkalardan iborat. Arkalarda yog’ochdan o’yib ishlangan naqshlar saqlanib qolgan. Maqbara masjid bilan o’zaro tutashgan. Masjid atrofida uzun ayvon bor. Ayvonda o’yma naqshlar bilan bezatilgan yog’och ustunlar o’rnatilgan. Imoratning ushbu qismi zamonaviy qurilish asosida ta’ mirlangan. Ayvon va hovli piwiq g’ishtlar bilan terilgan. Hozirda Mir Said Bahrom maqbarasi oldida bog’ barpo qilingan. Karmana aholisi bu yerda Navro’z, Mustaqillik va hosil bayramlari nishonlanadi.

Ushbu arxitektura kompleksi o’sha davrning mohir ustalari tomonidan qurilgan bo’lib, hozirgi kunda tarixiy va ma’naviy yodgorlik sifatida muhim ahamiyatga ega.


Manba: Internet