Zomin

  • 29 September, 2015
  •   0
  • 0
  • 18894

Qadim tarixga ega bo`lgan Zomin tumani O`zbekistonning Jizzax viloyatining tog`li hududida va dengiz sathidan 3000 m yuqorida joylashgan bo`lib, undagi qal’a va qo`rg`onlarning xarobalari, shuningdek asrlar osha og`izdan og`izga ko`chib, bizgacha yetib kelgan afsonalar uning tarixiy ahamiyatni ko`rsatib beradi. Biroq, eng muhimi, bu yerlar o`zining noyob tabiati, ignabargli o`rmonlari, shifobaxsh havosi bilan alohida ajralib turadi. Bu joyda turizmning ko`plab turlarini rivojlantirish mumkin bo`lgan sog`lomlashtirish boyliklari mavjud. Xalq bog`i hududi esa tabiiy shifoxona sanalib, mazkur o`lka aholisining sevimli dam olish maskaniga aylangan. Bog`da ekosayohatchilar uchun yetarlicha sharoit va qulayliklar yaratilmoqda. Ushbu bog`ning hududida 50 dan ortiq shifoboxsh giyohlar va oziq o`simliklari o`sadi.

 

Qo`riqxonaning diqqatga sazovor joylaridan biri Qizil o`toqsoy dalasidagi sfinkslarni eslatuvchi g`aalati shakldagi katta qizil xarsangtoshlardir. Mahalliy aholi bu joyni “Qirq qiz” deb ataydi. U shakllar qurama tog` jinslari va qumlardan tarkib topgan. Ba’zi joylari juda silliq, boshqa joylari esa katta-kichik yoriqlardan iborat bo`lib, u yerlardan turli butalar o`sib chiqqan.

Dam olish va turizmning sog`lomlashtirish hududi “Zomin” sihatgohi va o`nlab pansionatlar, dam olish uylari va bolalar oromgohlarini o`z ichiga oladi. Shuningdek, hududda sharshara, 270-300 yil yoshli, balandligi 20 m, shox-shabbalari kengligi 28 m, tana diametri 2,7 m li yong`oq daraxtini uchratish mumkin.

Dam oluvchilar turli hududlarda va balandliklarda, belgilangan yo`nalishlarda harakatlanishlari mumkin. Bunday yo`nalishlarning bir tarafga masofasi 5 km dan 13 km gacha bo`lib, o`rtacha qiyinlikdagi bir kunlik sayohat uchun mo`ljallangan. Ko`p kunga mo`ljallangan sayohatlar uchun chodirli shaharchalarda tunash tashkil qilinadi.

 


Source: http://www.zaamin.uz/?q=uz/node