Xonbandi to‘g‘oni

  • 08 October, 2015
  •   3
  • 0
  • 22166

Xonbandi to‘g‘oni — O‘zbekistonda qadimiy zamondan bizning davrimizgacha saqlanib kelgan to‘g‘ondir. U Jizzax viloyati Forish tumanidagi Band shaharchasi yaqinida joylashgan. Tadqiqotchi olimlarning fikricha, to‘g‘on haqida yozma manbaalar mavjud emas. Shunday bo‘lsada, tahminiy sanasi turli xil keltiriladi - X asr, XVI asr, 1582 yil. 1973 yildan buyon respublika miqyosidagi yodgorlik sifatida davlat mudofaasida saqlanadi. To‘g‘onning uzunligi 50 metrdan ziyod, pastidan 24 metr, balandligi 15 metrdan ziyod. To‘g‘on tekislangan rangdor koshinlardan maxsus suv ko‘taruvchi aralashma yordamida terilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, XVII asrga kelibgina Paskal qonuni asosida shakllangan usuldan bundan necha yillar avvalroq Movaraunnaxr muhandis-gidrotexniklari suyuqlik bosimini hisobga ola bilishgan.

To‘g‘onning g‘arbiy qismidagi suv bo‘shatmasida turli balandliklarda 9 ta konussimon shaklda yoriqlar qurilgan. To‘g‘on poydevori tepa qismidan 4 barobar qalinroq. Pastki qismining qalinligi 8 metr, tepasi 2 metr. Avvallari to‘g‘on o‘zida uzunligi 1,5 km, kengligi 52 metrga, daraning boshlanish qismi 200 metrga teng suv omborini saqlagan. Bugungi kunda sun’iy suv omborining jomidan foydalanilmaydi, zero, eng tepa qismiga qadar loyqa chiqindilar bilan to‘lib, jarlikning tekis qismiga aylangan.

 Lekin bu yerlarga bahorda kelsangiz...

Yuqoridan tushuvchi suv aql bovar qilmas shovqin hosil qiladi, lekin bu shovqindan quloqlaringizni berkitishni istamaysiz — bu cho‘qqidan kelayotgan qudratli musiqani benihoya tinglash mumkin. Suvning hayotiy simfoniyasi hayotga bo‘lgan ishonchni kuchaytiradi; sachrayotgan muzday suv tomchilari yuz, qo‘l va kiyimlarga sachrab, sovitmaydi, aksincha, tabiiy zavq bag‘ishlaydi. Qo‘llarni yonga, yuzingizni billur suvga tutsangiz, muammo va xavotirlarni, qalbingizdagi og‘riq va bezovtaliklarni tobora unuta boshlaysiz. Suv ostida turarkanman, go‘yo tanamdagi har bir millimetrini soflab, hislarimni tozalab, xayollarimni oydinlashtirayotganday. Mening tovushim sharshara shovqinida eshitilmasdi, lekin oqim menga shodon javob qaytarib, toshga urilib, millionlab tomchilarga bo‘lingancha, mayin quyosh nuri orqali sochimni silab o‘tganini xis etdim-da, yon-atrofimdagi qoyalarning ishonchli himoyasini sezdim

Bu manzarani — dasht orasidagi sharsharani tamosha qilish uchun naqd bir yil kutdim. Qarangki, men yolg‘iz emasman! Atrofimda juda ko‘p odam bor edi. Ular nafaqat yon atrofdagi shaharchalardan, balki Jizzah, Navoi va Toshkentdan kelib o‘zbekcha Favvorani ko‘rish uchun kelishgan edi. Ba’zilar sharsharadan uzoq bo‘lmagan joyda toshlar ustiga choyshablar yozib, dasturxon bezab ham o‘tirishardi. Odamlar, deyarli suhbatlashishmasdi (sababi, baribir sharshara shovqinidan hech narsa eshitilmasdi), faqat sharsharani tamosha qilib o‘tirishardi. Haqiqatan ham inson oqar suvga benihoya qarab o‘tira olarkan. Hamrohlarim sharshara oldida suratga olib qo‘yishimni iltimos qilib, xayolimni buzishdi. “Dasht o‘rtasidagi sharshara oldida suratga tushishni imkoni qachon bo‘lardi yana! Axir bu noyob hodisa-ku!” — xitob qildi moskvalik bir qiz. Bu sharshara emas, balki Xonabodning noyob to‘g‘oni, deya baqirdi yo‘l boshlovchimiz — Band nomli yon qishloq fuqarosi. Go‘yo bu mo‘’jiza haqida so‘zlab berish uchun payt poylaganday. U to‘g‘onning yaratilish tarixi haqida hikoyalar so‘zlab berdi. Unda faktlar afsona va uydirmalar bilan qorishib ketdi va uning har bir so‘zi to‘g‘onni qurgan ota-bobolariga bo‘lgan hurmat, ona diyoriga bo‘lgan g‘urur bilan ufurib turardi.

Nurota qoyasi va Aydarko‘l o‘rtasidagi keng maydon bo‘ylab Forish dovoni joylashgan bo‘lib, yil bo‘yi echki-yu, qo‘ylar podasi o‘tlab yurganini ko‘rasiz. Ammo bahorda bu yerlar jonlanadi — dalalarga zumrad rangli o‘tlar, yorqin gullar yoyilib, atrof qizg‘in hayot, qushlarning chug‘ur-chug‘uri, ko‘plab ariqlar jildirashi bilan burkanadi. Mavsumiy jilg‘alar oqimi, aprel oyidagi yog‘ingarchiligi bilan darhol to‘xtaydi, lekin bu vaqtinchalik hol. Bu suvlar katta chashmaga yig‘ilib, qadimda ziroatchilar o‘z qo‘li bilan yaratgan to‘g‘on tepasidan jilg‘alarga oqib keladi. Jizzah viloyati Forish tumanida joylashgan Band shaharchasi yaqinida, Xonbandi tag qoldiqlarining g‘arbiy etagida o‘rta asrlarda Xonbandi deb atalmish deyarli katta suv ombori bo‘lib, bu yerga qish-bahor mavsumlarida tarnovlar orqali keluvchi Ilonchisoy suvlari to‘plangan. Bu Nurota-Qizilqum maydonida biosfera omborini yuzaga keltiruvchi o‘rta asrlarga tegishli yirik arxeologik yodgorlik bo‘lgan.

Agar sharshara tog‘ga yaqin yerda joylashganda, bu kabi qiziqish va zavq uyg‘otmagan bo‘lar edi, lekin Xonbandi — bu to‘g‘on bo‘lib, o‘rta asrlarda bahoriy suvlar yordamida sug‘orish maqsadida suvsiz dasht o‘rtasiga qurilgan. Bugun to‘g‘on ajoyib sharsharaga aylangan. Bugunda Aydarko‘lning yangi to‘lqinlari o‘ynoqilanib oqayotgan bir vaqtda, qachonlardir aholi to‘g‘on qurishgan, aslida bu yerlarda Tuzkon deya atalmish kichik tuzli ko‘l bo‘lgan halos. Endi Aydarko‘l Tuzkon bilan qo‘shilib oqmoqda. Qachonlardir bu joylarda xandon pistalar mo‘l o‘sgan, lekin endi yalang‘och toshlarnigina ko‘rish mumkin. Suvayirgich cho‘qqilarining keskin, notekis chizgilari, tikka qoyali shimoliy qiyaliklar hamda nisbatan g‘arbiy nishab juda ajoyib manzarani tashkil qiladi. Bu yerda siz to‘g‘onni yoki bugun shu yerliklarning so‘zi bo‘yicha Sharsharani ko‘rishingiz mumkin.

Nurota tog‘larining, deyarli barcha vodiylarida tarixiy shoxlab ketgan sug‘orish tizimlari saqlanib qolgan bo‘lib, ular daryo boshidan tog‘osti tekisligigacha davom etadi. Bu kabi sug‘orish tizimlarining ish faoliyatini saqlab qolish aytarli darajada mushkul ishdir. Keskin toshli qiyaliklar orasidan ariqlar o‘tqazish uchun mahalliy aholi tomonidan ko‘pmetrli toshli devorlar qurilgan  bo‘lib, nishablar peshayvonlarga aylangan. So‘nggi bir necha o‘n yilliklar mobaynida suv sathi pasayganligi bois, ko‘plab ariqlar, ayniqsa, tog‘ yonbag‘rilari va toog‘osti tekisliklaridagi sug‘orish tizimlari qarovsiz qolgan va asta-sekinlik bilan vayron bo‘lmoqda. Xonbandi suv ombori ham vayron bo‘lgan, biroq, ko‘pmetrli toshli to‘g‘on yaxshi saqlangan. Mahalliy aholining aytishicha, granit koshinlar yaxshi saqlangan, sababi, suvoq aralashmasi tuya suti asosida tayyorlangan. Ko‘klamzor bahorda atroflarida siyrak buta o‘suvchi, po‘panak o‘sib ketgan to‘g‘on atrof muhitga uyg‘un ko‘rinishdagi murakkab muhandislik inshootini tashkil qiladi. Shunda Xonbandisiz bu yerlarni tasavvur qilish qiyin — qoyador qo‘shni nishablar bilan qo‘shilib to‘g‘on darani hosil qiladi.

... Suv oqimini yaxshiroq ko‘rish uchun yuqoriroqqa qarayman. Mana, qirg‘oq bilan osmon tutashmoqda, so‘ngra pastga tushmoqda. Boshim aynalmoqda. Suv tomchilarida kamalakka ko‘zim tushdi va shu onda bu yerlarga keyingi yil, albatta kelishni xayolimdan o‘tkazdim. Ziroatchilarning xo‘jalik ehtiyoji uchun yaratgan mo‘’jizasi natijasida hosil bo‘lgan go‘zal manzara chashmasi bilan yana yuzma-yuz bo‘lish uchun so‘z berdim.

Matn va foto muallifi: Elmira Aleynikova

Tumanning nomi shu yerdagi qishloq Forish nomidan olingan. Aytishlaricha, buyuk bobokalonimiz Amir Temur hukmronligi davrida qishloq Parij, ya’ni Frantsiyaning poytaxti kabi ham nomlangan. Hukmdorning amriga ko‘ra uning qarorgohi atroflariga qishloqlar qurilib, dunyoning mashhur turli nuqtaliri nomi bilan atalgan. Shunday qilib, bu yerda Damashq, Bog‘dod, Sheroz, Jazoir, Sultoniya, Parij kabilan paydo bo‘lgan. Bu qishloqlardan so‘nggi nomi saqlanib qolgan, garchi yillar o‘tib, unga ozgina o‘zgarish kirib, avvaliga Parij Farij, so‘ngra Forish bo‘lgan.

Dastlabki tuman 1935 yil tashkil topgan. Oradan 27 yil o‘tib, u to‘xtatilgan, uning yerlari esa Jizzah hamda Nurota tumanlari tarkibiga kiritilgan. Tumanning qayta tiklanishi 1964 yilda bo‘lib o‘tgan. Shunda u Samarqand viloyati, keyinroq Sirdaryoga kirib, yana Jizzax tarkibidan joy olgan. Tog‘ etagi chegarasidagi nishab qoyalarni o‘z ichiga olgan ishlov berilgan dalalar Nurota tog‘laridan keluvchi oqar suvlar bilan sug‘oriladi. Arnasoy ko‘l tizimi bilan bir qatorda, Pistali va Baliqli kabi hovuzlar ham mavjud.

Shimoliy-sharqiy hamda janubiy g‘arbiy tumanlarda suvosti suvlari o‘tadi. Bahor kelishi bilan, tepalik nishablari bir yillik o‘simliklar bilan yopiladi, ular orasida qorako‘l qo‘ylari uchun yemak o‘rnida xizmat qiluvchi o‘simliklar ham uchraydi. Tuman maydonida arxeologik yodgorliklar ham uchraydi, xususan, miloddan avvalgi 1 ming yillik qabrlar Yetimtau, Qoratosh, XVI asrga tegishli Abdullaxonning chorbog‘ini hamda Xonbandi to‘g‘onini uchratish mumkin.


Source: http://tochka-na-karte.ru/Goroda-i-Gosudarstva/10241-Farishskij-rajon.html